123-BOB Badanida qichima kasali borlarga ipak kiyishning joizligi haqida
808/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Zubayr va Abdurahmon ibn
Avflarga badanida qichima kasali borligi sababli ipak kiyim kiyishlariga ruxsat etdilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 124-BOB Yo‘lbars terisidan ko‘rpacha qilishning va egar ustiga to‘shamoqning man etilgani haqida
809/1. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)«Ipak va yo‘lbars terisi
to‘shalgan ulovni minmanglar», deb aytdilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari. 810/2. Abu Malih otalaridan qilgan rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.) yirtqichlarning
terisini ishlatishdan man qildilar. Abu Dovud, Termiziy va Nasaiylar rivoyatlari. Termiziyning rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.)«Yirtqichlarning terisini to‘shak
qilishdan man qildilar», bo‘lib kelgan.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy