Alloh taolo quyidagilarni aytadi:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota- onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!» (Niso surasi, 36-oyat);
«Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi solinadigan Allohdan qo‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan saqlaningiz)» (Niso
surasi, 1-oyat);
«Ular Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni (ya’ni, qarindosh-urug‘lar bilan
aloqani) bog‘laydilar» (Ra’d surasi, 21-oyat);
«Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik (ya’ni, ota-ona xoh yaxshi,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
72
xoh yomon bo‘lsin, xoh musulmon, xoh kofir bo‘lsin, ularga yaxshilik qilish farzandning
burchidir)» (Ankabut surasi, 8-oyat);