www.ziyouz.com kutubxonasi
71
«Do‘stim Rasululloh (s.a.v.) menga: «Agar sho‘rva pishirsang, suvini ko‘paytirgin. Va
oila a’zolaringdan bo‘lgan qo‘shnilaringga ham yaxshilik ila undan quyib bergin», deb
vasiyat qildilar».
306/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Allohga qasamki,
mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas! Allohga qasamki, mo‘min emas!»
deganlarida, sahobalar tomonidan «Kim u, ey Allohning rasuli?» deyildi. Shunda
Rasululloh (s.a.v.): «Yomonliklaridan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishidir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Muslimning rivoyatlarida: «Yomonliklardan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kishi jannatga
kirmaydi», deyilgan.
307/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey muslima ayollar,
bir qo‘shni ikkinchi bir qo‘shnisiga agar qo‘yning tuyog‘ini tuhfa qilib berishda ham hech
bir narsani oz ko‘rmasin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
308/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qo‘shni qo‘shnisini
devoriga (yog‘och) mix qoqishdan man qilmasin», dedilar. So‘ngra Abu Hurayra (r.a.):
«Nima uchun men sizlarni bu sunnatdan yuz o‘girgan holda ko‘ryapman?! Allohga
qasamki, men sunnatni kaftlaringiz o‘rtasiga qo‘yaman (ya’ni, oralaringizga tashlab, bu
mas’uliyatdan o‘zimni qutqaraman)», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
309/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki Allohga va
oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga ozor bermasin. Kimki Allohga va oxirat kuniga
imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa,
yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
310/7. Abu Shurayh al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki
Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin. Kimki Allohga va
oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga
imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Muslim mana
shu lafz ila rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy esa ba’zisini rivoyat qilganlar.
311/8. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, mening ikki
qo‘shnim bordir. Qaysi birlariga hadya qilay?» desam, u zot (s.a.v.) «Eshigi yaqiniga»,
dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari.
312/9. Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh
huzuridagi do‘stlarning yaxshisi do‘sti uchun xayrli bo‘lganidir. Alloh huzuridagi
qo‘shnilarning yaxshisi qo‘shnisi uchun xayrli bo‘lganidir», dedilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |