Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64
 
33-BOB
Yetimlar, qizlar, boshqa zaif, bechora, qalbi siniq
kishilarga yaxshilik, shafqat qilish hamda
tavozu’li va kamtar bo‘lish haqida 
Alloh taolo aytadi: 
«Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting 
(ya’ni, mudom kamtar-tavozu’li 
bo‘ling!)» (Hijr surasi, 88-oyat); 
«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorlarining yuzini -roziligini istab, Unga 
iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo ziynatlarini 
ko‘zlab, ulardan o‘tib 
(o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)» (Kahf surasi, 28-oyat); 
«Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni esa 
(biron narsa 
bermasdan) 
haydamang!» 
(Zuho surasi, 9-10-oyatlar); 
«Dinni 
(oxiratdagi jazoni) 
yolg‘on deydigan kimsani(ng 
qanday kimsa ekanligini) 
ko‘rdingizmi-bildingizmi? Bas, bu yetim-esirni 
(qo‘pollik bilan) 
haydab soladigan 
va 
(kishilarni) 
miskin-bechoraga taom berishga targ‘ib qilmaydigan kimsadir» 
(Mo’uvn surasi, 1-3-oyatlar). 
261/1. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz olti nafar kishi Rasululloh 
(s.a.v.) huzurlarida edik. Mushriklar Rasululloh (s.a.v.)ga: «Hu anavi (bechorahol) 
kishilarni haydang. Ular bizning (majlislarimizda qatnashishga) botina olishmasin», 
deyishdi. O’sha bechorahol kishilar men, Ibn Mas’ud, Huzayl qabilasidan bir kishi, Bilol 
va yana ikki kishi edik. Bu ikki kishining ismini keltira olmayman. Rasululloh (s.a.v.) 
dillariga Alloh taolo xohlagan bir xayol keldi. U xayolni o‘zlariga gapirib ko‘rdilar. Va 
Alloh taolo 
«Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab, Unga iltijo qiladigan 
zotlarni 
(huzuringizdan) 
haydamang» 
(An’om surasi, 52-oyat) oyatini nozil qildi». 
Imom Muslim rivoyatlari. 
262/2. Abu Hubayra Oiz ibn Amr al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. (Bu zot 
«Rizvon» bay’atida ishtirok etgan sahobalardan edilar.) Bir kuni Abu Sufyon (hali 
Islomga kirmasidan oldin) Salmon, Suhayb, Bilol va bir necha boshqa sahobalar 
huzurlariga kelganida, ular: «Allohning qilichi Alloh dushmani gardanidan olmadi-da», 
deyishdi. Abu Bakr (r.a.): «Bu so‘zni Qurayshning shayxi va sayyidiga nisbatan 
ishlatyapsizlarmi?» deb, so‘ngra Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib buning xabarini 
berganlarida, Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Bakr, ularni g‘azablantirgan bo‘lishing 
mumkin. Agar shunday bo‘lsa, Rabbingni g‘azablantirgansan», dedilar. Abu Bakr (r.a.) 
ularning huzurlariga borib: «Ey birodarlar, sizlarni g‘azablantirdimmi?» deganlarida, 
sahobalar: «Yo‘q! Ey birodar, Alloh seni mag‘firat qilsin», deyishdi. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
263/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Men yetimni o‘z 
qaramog‘iga olgan kishi bilan - ikkovimiz jannatda mana shunday bo‘lamiz», deb ishora 
va o‘rta barmoqlarining orasini ochib ko‘rsatdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
264/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Xoh o‘ziga 
qarashli, xoh begona yetimni o‘z qaramog‘iga olgan kishi bilan ikkovimiz jannatda birga 
bo‘lamiz», dedilar. Mana shu hadis roviylaridan biri Molik ibn Anas ishora va o‘rta 
barmoqlarini ko‘rsatdilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
265/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sizlar bitta-ikkita 
xurmo, bir-ikki luqma taom bersangiz, o‘sha bilan kifoyalanuvchi kishi miskin emas
kambag‘al bo‘lishiga qaramasdan tilanchilik qilishdan o‘zini tiygan odam haqiqiy miskin», 
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish