Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
65
Bularning boshqa rivoyatlarida: «Odamlarning atrofida tilanib, bir-ikki luqma, bitta-
ikkita xurmo bilan kifoyalanuvchi kishi miskin emas. Lekin haqiqiy miskin hojatiga 
kerakli narsani topa olmaydi. Sadaqa beray, deyilsa, uning holati bilinmaydi. Va 
odamlardan tilanib yurmaydi», deyilgan. 
266/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Beva va miskin 
ahvolidan xabar olib yordamlashuvchi kishi Alloh yo‘lidagi mujohidga o‘xshaydi. 
Namozda qoim va ro‘zada doim bo‘lgan kishiga o‘xshash, deb hisoblayman», dedilar. 
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
267/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Taomlarning 
yomoni bir to‘yning taomiki, unga o‘zi kelgan kishi kirgizilmaydi va xohlamagan kishi 
taklif qilinadi. Kimki taomga chaqirilsa-yu unga ijobat qilmasa, Alloh va rasuliga osiy 
bo‘libdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Ikki «Sahih» kitobidagi Abu Hurayradan (r.a.) qilingan boshqa rivoyatda: 
«Taomlarning yomoni bir to‘y taomiki, unga boylar taklif qilinib, kambag‘allar tark 
qilinadi», deyilgan. 
268/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kimki ikki qizni turmushga 
chiqqunlaricha voyaga yetkazib tarbiyalasa, Qiyomat kuni men va u mana bu ikkisiga 
o‘xshab keladi», deb barmoqlarini bir-biriga qo‘shib ko‘rsatdilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
269/9. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Bir kuni mening huzurimga ikkita qizini 
(etaklab) bir ayol tilanchilik qilib kirib keldi. Mening huzurimda bitta xurmodan tashqari 
boshqa narsa yo‘q edi. Men xurmoni bersam, bu ayol uni ikkiga ajratdi-da, ikki qiziga 
berib, o‘zi u xurmodan yemadi. Qachonki, Rasululloh (s.a.v.) kirganlarida bu haqda 
xabar bersam, u zot: «Kimki mana shu kabi qiz farzand bilan imtihon qilinsa (sinalsa), u 
qiz farzandlarini chiroyli parvarish etsa, uning uchun jahannamdan parda bo‘ladi», 
dedilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
270/10. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Mening huzurimga ikki qizini (etaklab) bir 
miskin ayol keldi. Men u miskin ayolga uchta xurmo berdim. U esa ikki qiziga bittadan 
berib, o‘zi bittasini yeyish uchun endi og‘ziga olib boruvdi, haligi ikki qiz yana bering, 
deb so‘rab qolishdi. Ayol o‘zi yeyishni xohlab turgan xurmoni ikkiga bo‘lib, ularga berdi. 
Bu ishi meni hayron qoldirib, uni Rasulullohga aytsam, u zot S: «Albatta Alloh taolo 
unga jannatni vojib qilib, do‘zaxdan xalos etibdi», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari. 
271/11. Abu Shurayh Xuvaylid ibn Amr al-Xuzo’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.): «Ikki zaifni, ya’ni yetim va ayolning haqqini zoe qilishingizdan 
ogohlantiraman», dedilar. Imom Nasaiy yaxshi isnod ila rivoyat qilganlar. 
272/12. Mus’ab ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sa’d (r.a.) boshqa 
sahobalardan darajada baland bo‘lsam kerak, deb xayol qilganlarida, Rasululloh (s.a.v.): 
«Sizlarga kelib turgan yordam va yetib turgan rizqlar zaif birodarlaringiz tufaylidir», 
dedilar. Imom Buxoriy mursal holda rivoyat qilganlar. 
Chunki Mus’ab ibn Sa’d tobe’inlardan edi. Lekin Hofiz Abu Bakr Barqoniy «Sahih»larida 
bu sanadni Mus’abga yetkazganlar. 
273/13. Abu Dardo Uvaymirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Meni 
zaiflaringiz ichidan axtaringlar. Chunki zaiflaringiz tufayli g‘alaba qozonib 
rizqlanursizlar», dedilar. Abu Dovud yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish