www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
420/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo
rahmatini yuzga bo‘lib, to‘qson to‘qqiztasini O’z huzurida olib qoldi. Bir bo‘lagini yerga
tushirdi. O’sha bir bo‘lak rahmat bilan xaloyiq bir-biriga rahm qiladi. Hattoki, o‘sha bir
bo‘lak bilan hayvon ham bolasiga ozor yetishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib turadi»,
dedilar.
Boshqa rivoyatda: «Alloh taoloning yuz rahmati bordir. Undan bir qismini insonlar,
jinlar, hayvonlar va jonivorlar orasida taqsimlab qo‘ygan. O’sha bir rahmat tufayli ular
mehribonlik va rahm qilishadi. Va hatto, vahshiy hayvonlar ham bolalariga mehribonlik
qilishadi. Alloh taolo Qiyomat kuni bandalariga rahm qilish uchun to‘qson to‘qqizta
rahmni olib qo‘ygan», deyilgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning Salmon Forsiydan qilgan rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) «Alloh
taoloning yuzta rahmati bo‘lib, undagi bir bo‘lak bilan xaloyiq o‘zaro bir-birlariga rahm
qilishadi. To‘qson to‘qqiztasi Qiyomat kuniga qoldirilgan», dedilar», deyilgan.
Yana boshqa bir rivoyatda: «Alloh taolo yeru osmonni yaratgan kuni yuz rahmatni
ham yaratgan. Barcha rahmat agar jam bo‘lsa, osmon bilan yer o‘rtasini to‘ldirar edi.
O’sha rahmatlardan birini yer yuziga tushirgandir. Bu bilan ona bolasiga, qushlar va
hatto vahshiylar bir-birlariga mehribonlik qilishadi. Qiyomat kunida esa bu bir rahmatni
(O’zining huzuridagi to‘qson to‘qqizta rahmatga qo‘shib) mukammal qiladi», deyilgan.
421/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Rabbisidan hikoya
qilgan hadisi qudsiyda: «Biror banda gunoh qilib, «Allohim, gunohlarimni kechir», desa,
Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga
yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi», deydi. Keyin u banda yana gunoh qilib
qo‘yib, «Ey Rabbim! Gunohlarimni kechir», deydi. Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u
gunohlarni kechiruvchi hamda gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini
biladi», deydi. Keyin u banda yana gunoh qilib qo‘yib: «Ey Rabbim! Gunohlarimni
kechir», deydi. Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi va u gunohlarni kechiruvchi hamda
gunohlarga yarasha jazo beruvchi Rabbisi borligini biladi. Haqiqatda bandamning
gunohini kechirdim. U xohlaganini qilaversin (ya’ni, modomiki, gunoh qilib, mana shu
tarzda tavba qilar ekan, Men uning gunohlarini kechiraman. Chunki tavba o‘zidan
avvalgi gunohlarni yo‘q qiladi)», deydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
422/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jonim Uning
qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh sizlarni ketkazib,
(o‘rningizga boshqa) gunoh qiladigan qavmni olib keladi. Bas, ular (gunohlariga) istig‘for
aytishadi, Alloh esa ularning gunohlarini kechiradi», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari.
423/12. Abu Ayub Xolid ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar
sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh taolo boshqa bir gunoh qiladigan xalqni yaratadi. Ular
gunohlariga istig‘for aytishadi. Va Alloh ularning gunohlarini kechiradi», de dil ar. Imom
Muslim rivoyatlari.
424/13. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
o‘tirgan edik. Biz bilan Abu Bakr 4&, Umar (r.a.) va bir necha sahobalar ham bor edi.
Rasululloh (s.a.v.) bizning oldimizdan turdilar-da, hayallab ketdilar. Bir-birimizdan judo
bo‘lib qolarmikinmiz, deb xavf qildik. Qo‘rqib o‘rnimizdan turdik. Men birinchi bo‘lib
qo‘rqdim. Rasululloh (s.a.v.)ni axtarib chiqdim. Bora-bora ansoriylardan birining (bog‘i)
devoriga yetdim... (Hadisni uzun holatida bayon qilib, qolganini quyidagicha davom
ettirdilar.) ...Rasululloh (s.a.v.) «Borgin-da, mana bu devorning orqasida chin qalbidan
ishonch ila «La ilaha illalloh», ya’ni «Allohdan boshqa iloh yo‘q», deb aytgan kishiga
yo‘liqsang, unga jannat bo‘lishini xursandlik bilan xabarini ber», dedilar». Imom Muslim
rivoyatlari.
425/14. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |