Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
236
ILM KITOBI
241-bob
Ilmning fazilati haqida
Alloh taolo:
«Va ayting: «Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin»
(Toha surasi, 114-
oyat);
«Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!»
(Zumar surasi, 9-oyat);
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
martabalarga ko‘tarur»
(Mujodala surasi, 11-oyat);
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur»
(Fotir surasi, 28-
oyat), deb aytgan.
1375/1. Muoviyadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh kimga yaxshilikni
iroda qilsa, dinda faqih qilib qo‘yadi», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1376/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Ikki kishiga hasad
qilish joiz. Birinchisi - Alloh taolo
bir kishiga mol-dunyo bersa, u kishi o‘sha mol-dunyoni
haq yo‘lda infoq qilsa. Ikkinchisi - Alloh taolo bir kishiga hikmat (ilm) ato etsa,
u kishi
o‘sha ilmi bilan hukm qilib va o‘sha ilmidan odamlarga ta’lim bersa», dedilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: bu hadisdagi hasad havas ma’nosidadir.
1377/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh men bilan
yuborgan hidoyat va ilmning misoli xuddi yerga tushgan yomg‘irga o‘xshaydi. U yer
yaxshi bo‘lib, suvni o‘zida
qabul qiladi, o‘t-o‘lan va o‘simliklarni o‘stiradi. Uning ba’zi
joylari qattiq bo‘lib, o‘zida suvni to‘playdi. Bu suv bilan Alloh insonlarni naflantiradi. U
suvdan ichib, boshqa narsalarini sug‘orib, ekinlariga ham quyadilar. Yana boshqa joylari
tekis bo‘lib, o‘zida suv to‘plamaydi hamda o‘t-o‘lan o‘stirmaydi. (Avvalgi) misol xuddi
Allohning dinida faqih bo‘lgan kishiga o‘xshaydi. Alloh men
bilan yuborgan narsa unga
manfaat berib, o‘zi o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatadi. (Ikkinchisining) misoli beparvo
bo‘lib, boshini ham ko‘tarib qo‘ymagan kishiga o‘xshaydi. (Uchinchisi) menga yuborilgan
Allohning hidoyatini qabul qilmagan kishiga o‘xshaydi», dedilar.
Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1378/4. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Aliga (r.a.):
«Allohga qasamki, Alloh sen sababli bir kishini hidoyat qilmog‘i senga beriladigan qizil
tuyadan ham yaxshiroqdir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Foyda: qizil tuya o‘sha paytda arablarning eng qimmatbaho mulki edi.
1379/5. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Mendan agar bir oyat eshitsangizlar ham, uni kishilarga yetkazinglar.
Bani Isroil
haqidagi narsalarni gapiraveringlar. Buning zarari yo‘q. Kim men aytmagan so‘zni naql
qilsa, o‘zi uchun jahannamdan joyini tanlab qo‘yaversin», deb aytdilar.
Imom Buxoriy
rivoyati.
1380/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kim ilm talabida
bir yo‘lga qadam qo‘ysa, Alloh taolo u bandaga jannat yo‘lini oson qiladi», dedilar.
Imom
Muslim rivoyati.
1381/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) : «Kim
biror kishini
hidoyatga chaqirsa, chaqiruvchiga ergashuvchining savobidek ajr beriladi. Bu bilan
ergashuvchining savobidan hech narsa kamaytirilmaydi», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
1382/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Agar
inson vafot
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: