www.ziyouz.com
kutubxonasi
233
kishi: «Agar men uni o‘ldirsam-chi?» degan edi, Rasululloh (s.a.v.) «U do‘zaxdadir»,
dedilar. Imom Muslim rivoyati.
236-BOB
Qul ozod qilishning fazilati haqida
Alloh taolo:
«Bas, u
(maqtanchoq kimsa yaxshilik)
dovonini oshib o‘tmadi.
(Ey Muhammad
alayhissalom),
dovon
(oshish)
nima ekanini siz qaerdan bilar edingiz.
(U bir qul)
bo‘ynini
(qullikdan)
ozod qilmoq»
(Balad surasi, 11-13-oyatlar), deb aytgan.
1357/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) menga: «Kim
musulmon qulni ozod qilsa, Alloh taolo qulning a’zosi barobarida ozod qiluvchining
a’zolarini do‘zaxdan xalos etadi. Hattoki, farji (jinsiy a’zo) barobarida ozod qiluvchining
farjini do‘zaxdan xalos etadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1358/2. Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men: «Ey Allohning rasuli, qaysi amal
afzal?» deganimda, u zot: «Allohga iymon keltirish va Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar.
Men: «Qaysi qulni ozod qilish afzalroq?» deganimda, u zot: «Egasi nazdida yaxshi
bo‘lgani hamda narxi qimmat bo‘lganini», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
237-BOB
Qullarga yaxshilik qilishning fazilati to‘g‘risida
Alloh taolo:
«Allohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-
onangizga hamda qarindosh-urug‘, yetim va miskinlarga, qarindosh qo‘shni va
begona qo‘shniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo‘lovchi musofirga va
qo‘llaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz!»
(Niso surasi, 36-oyat) deb
aytgan.
1359/1. Ma’rur ibn Suvayddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Abu Zarrning (r.a.) ustlarida bir
to‘nni ko‘rdim. Xizmatkor bolalari ustida ham xuddi o‘shandoq to‘n ko‘rdim. Va buning
sababini u zotdan so‘raganimda, Abu Zarr (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida Abu
Zarr bir kishini so‘kib onasini aybladilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Senda hali ham
johiliyat odatlari bor ekan. U qullar sizlarning birodarlaringiz va xizmatkorlaringizdir.
Alloh ularni sizlarning qo‘l ostingizda qilgan. Kimning birodari qo‘l ostida bo‘lsa, o‘zi
yegan narsadan unga ham yedirsin. Va o‘zi kiygan narsadan unga ham kiydirsin. Toqati
yetmaydigan narsaga buyurmasin. Agar buyuradigan bo‘lsa, unga yordamlashsin»,
degandilar», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1360/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar sizlardan
birortangiz huzuriga xizmatkori ovqat olib kelsa-yu, o‘zi bilan o‘tqazmaydigan bo‘lsa, bir
yoki ikki luqma uzatsin. Chunki bu xizmatkor xojasi uchun ishlamoqda-ku», dedilar.
Imom Buxoriy rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |