O’zbеkiston rеspublikasi oliy va



Download 28,16 Kb.
bet1/4
Sana08.02.2022
Hajmi28,16 Kb.
#437350
  1   2   3   4
Bog'liq
Virusga qarshi tugma immunitet


Reja
1.Immunitet va uning turlari


2.Tugma immunitetning asosiy hujayralari
3.Virusga qarshi tugma immunitet mexanizmlari
Foydalanilgan adabiyotlar


1.Immunitet va uning turlari
Tug'ma immunitet — bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo'lib, chidamlilik omillari bilan nasldan-naslga o’tishga asoslangan. Ma'lumki, odam yirik shoxli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo'g'ma bilan kasallanmaydi.Lekin tug’ma immunitet mutlaq emas, ya'ni mikroorganizm uchun qulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xosasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ortiqcha issiqlash, sovqotish, avitaminoz,garmonlarning ta'siri odam yoki hayvon uchun tegishli bo'lmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlarni sovqottirish yo'li bilan sun'iy ravishda kuyidirgi qo'zg'atuvchisini yuborgan va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi.
Odamni infeksiyadan ximoya qiluvchi tug’ma immunitetning birinchi fazasiga kiradi
1.Insonni mikroorganizmlar kirishidan himoya qiluvchi epitelial yuza ko'rinishidagi mexanik to’sik. Bu to’siqdan o’tgan bakteriyalar ximoyaning keyingi 2 ta chizigiga duch keladi.
2.Komplement. Bakteriyalar plazmadagi komplementni alternativ yul bilan faollashtirib, bakteriyalarni nobud qilishi mumkin.
3.Neytrofillar. Makrofaglar. Barcha bakteriyalarga xos bo’lgan, yuzasida resteptor tutuvchi bakteriyalar makrofaglar tomonidan yutiladi (masalan, liposaxaridlarga – SD14). Bakteriyalarni makrofag resteptorlari bilan bog’lanishidan so’ng, makrofaglar tomonidan sitokinlarni sintez qilinishi boshlanadi, bakteriyalar esa makrofaglar tomonidan yutiladi va xazm qilinadi.
4.NK-xujayralar. Virus bilan zararlangan xujayralar NK-limfostitlari tomonidan parchalanadi (tabiiy killerlar).
Zararlanishning erta soatlarida komplementni alternativ yo’l bilan faollanishi va mikroorganizmlarni tuqima makrofaglari tomonidan ushlanishi amalga oshiriladi. Keyinchalik esa adaptiv ximoya mexanizmlari ishga tushadi – gumoral va xujayra-bilvosita immun javobi.
Orttirilgan immunitet odamda hayoti davomida orttiriladi, nasldan-naslga o'tmaydi.
Tabiiy immunitet. Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og'rib o'tgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya deyiladi). Ko'pgina hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak va boshqa kasalliklardan so'ng yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda immunitetning muddati 1 yildan oshmaydi (gripp, dizenteriya va boshqalar). Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari hosil bo'ladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qo'zg'atuvchining kichik dozada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil bo'ladi (maishiy, turmish immunizatsiyasi).
Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6—8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta'minlaydi.
Sun'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) natijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgaridan so'ng hosil bo'ladi. Masalan, ko'kyo'tal, bo'g'ma,chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi.Qo’zg’atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmiar va ular ishiab chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3-4 hafta ichida hosil bo'ladi va 1 yildan 3 oygacha saqlanadi.
Sun'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborisi, natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil bo'ladi va faqat 15—20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib ketadi. Mahailiy immunitet tushunchasini fanga A.M. Bezredko kiritgan. U organizm to'qimalari va alohida hujayralar ma'lum moyillika ega deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya qo'zg'atuvchilari kiritish uchun to'siq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy immunitetning birligi isbotlangan. Lekin alohida to'qima va a'zolarning mikroorganizmlarni yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmiar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so'ng yoki vaksinat (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi.
Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi.
Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi. Bundan tashqari organizmni kasallik qo'zg'atuvchisidan tozalanish davriga ko'ra ham bo'lishimiz mumkin.
Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.


Download 28,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish