Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
316
TURLI MALOHATLI (GO’ZAL, CHIROYLI) HADISLAR KITOBI
370-bob
Dajjol, Isoning (alayhissalom) tushishlari, Ya’juj-Ma’juj
va yer hayvoni haqida
1807/1. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)
Dajjolni zikr qildilar. U zot bu haqda goh ovozlarini pasaytirib, goh balandlatib
gapirganlaridan biz o‘sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo‘lsa kerak, deb
gumon qildik. Qachonki, (ertasiga) u zot huzurlariga borsak, bizdagi (vahimani) ko‘rib:
«Sizlarga nima bo‘ldi?» dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli!
Kecha ovozingizni goh
pasaytirib, goh balandlatib Dajjol haqida gapirdingiz. Biz bu ohangda gapirganingizdan
o‘sha Dajjol (yaqin oradagi) xurmozorlarning birida bo‘lsa kerak, deb gumon qildik»,
desak, u zot: «Dajjoldan boshqa narsa meni qo‘rqitmoqda. Agar u Dajjol men sizlarning
orangizda ekanimda paydo bo‘lsa, o‘zim uning chorasini ko‘raman. Bordi-yu, men
sizlarning orangizda bo‘lmaganimda paydo bo‘lsa, har bir kishi chorasini o‘zi ko‘radi.
Alloh O’zi har bir musulmonga madadkordir. Albatta u Dajjolning sochi jingalak,
qo‘ng‘iroqdir. Ko‘zi esa bo‘rtib chiqqan. Xuddi Abduluzzo ibn Qatonga o‘xshaydi. Kim uni
uchratib qolsa, Kahf surasining avvalgi oyatlaridan (o‘n oyat) o‘qisin. Albatta Dajjol
Shom bilan Iroq oralig‘ida chiqib, o‘ng va chap tarafiga fasod tarqatadi.
Ey Allohning
bandalari, dinlaringizda mustahkam bo‘linglar», dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! U yer
yuzida qancha turadi?» desak, u zot: «Qirq kun turadi. Birinchi kuni bir yil kabi. Ikkinchi
kuni bir oy kabi. Uchinchi kuni hafta kabi. Qolgan kunlari sizlarning kunlaringiz kabidir»,
dedilar. Biz: «Ey Allohning rasuli! Uning bir yillik kunida bizning bir kunlik namozimiz
kifoya qiladimi?» dedik. U zot: «Yo‘q! Kifoya qilmaydi. Sizlar o‘z kunlaringizga teng
keladigan bir muddatni taxmin qilib besh vaqt namozni o‘qiysizlar», dedilar. Biz: «U
Dajjol yurishining tezligi qay darajada?» dedik. U zot: «Shamol uchirib yurgan bulut kabi
yuradi. U bir qavmga kelib, ularni o‘z yo‘liga da’vat etadi.
U qavm Dajjolga iymon
keltirib, uning so‘zlarini ijobat qilishadi. Dajjol keyin osmonga hukm qiladi. Osmon
ularga yomg‘ir yog‘diradi. Yerga hukm qiladi. Yer o‘zida giyohlarni o‘stiradi. Jonivorlar
giyohlardan yeb kechqurun qaytganida, tanalari baland, yelinlari sutga to‘lgan va yonlari
semirgan holda bo‘ladi. Keyin Dajjol boshqa bir qavm huzuriga kelib, ularni ham o‘z
yo‘liga da’vat qiladi. Ular Dajjolning da’vatini qabul etishmaydi.
Qabul etishmaganidan
keyin ulardan yomg‘ir uzilib, qahatchilik yetadi. Qo‘llarida hech qanaqa boylik qolmaydi.
So‘ngra u bir xaroba yerga boradi. Va u yerga: «Ey yer ichingdagi xazinalarni chiqar»,
desa, xazinalar chiqib, xuddi asalari podshosi orqasidan ergashgani kabi Dajjolga
ergashadi. Keyin yosh bir yigitni chaqirib, uni qilich bilan urib ikkiga ajratib tashlaydi.
Keyin o‘lgan yigitni chaqirsa, u chehrasi ochiq, kulimsirab chiqadi. Dajjol shunday
ishlarni
qilib turganida, Alloh taolo Masih ibn Maryam (Iso alayhissalom)ni yuboradi. U
zot Dimashq sharqidagi oq minoraga libos kiyib, ikki farishta qanotiga kaftlarini qo‘yib
tushadilar. Agar boshlarini engashtirsalar, suv (ter) oqadi. Agar boshlarini ko‘tarsalar
ham, marvarid donalari kabi suv oqadi. Qachonki, biror kofirga u zotning nafaslari yetsa,
u darhol o‘ladi. Endi nafaslari nazarlari yetgan joygacha yetadi. Iso alayhissalom Dajjolni
Baytulmaqdis yaqinidagi Luddi nomli shahardan axtarib-topib qatl qiladilar. Keyin Iso
alayhissalom Dajjol fitnasidan omonda
qolgan bir qavm huzuriga borib, (horigan)
yuzlariga shafqat qo‘lini surtadilar. Va ularning jannatdagi o‘rinlarining xabarlarini
beradilar. Iso alayhissalom shunday turganlarida Alloh taolo u zotga vahiy qilib: «Men
shunday bir jamoani yer yuzida paydo qilamanki, ular bilan urushishga biror kishining
kuchi yetmaydi. Shuning uchun siz musulmon bandalarimni olib Tur tog‘iga boring»,