Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
324
payg‘ambarlariga nimani buyursa, mo‘minlarga ham o‘sha narsani buyuradi. Alloh taolo: 
«(Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik): «Ey payg‘ambarlar, halol-pok 
taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar», boshqa oyatda: «Ey mo‘minlar, sizlarga 
rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar», deb aytgan», dedilar. Keyin yana bir 
kishini zikr qildilar: «U uzoq safarlarga chiqib, sochi to‘zigan, yuzlari tuproq, qo‘lini 
osmonga ko‘tarib: «Ey Rabbim, ey Rabbim», deydi. Vaholanki, uning ovqati harom, 
ichimligi harom va ulg‘ayishi harom ozuqa evaziga bo‘lgan. Qanday qilib bu odamning 
duosi qabul bo‘lsin?!» 
1851/45. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Uch toifa kishi 
borki, Alloh taolo qiyomat kuni ular bilan gaplashmaydi va poklamaydi, ularga (rahmat 
nazari ila) qaramaydi ham hamda ular uchun alamli azob bordir: 1) Zinokor qariya. 2) 
Yolg‘onchi podshoh. 3) Kambag‘al mutakabbir», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati. 
1852/46. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sayhun, Jayhun, 
Furot, Nil - barchasi jannat anhorlaridandir», de dil ar. Imom Muslim rivoyati. 
Foyda: Sayhun va Jayhun Amudaryo va Sirdaryo suvlaridir. Jannat anhorlari, 
deyilishiga sabab uning suvi toza va atrofida Islom keng quloch ochishidir, deyishgan. 
Imom Suyutiy: «Balki haqiqatda unda jannat moddalari bordir», deb aytganlar. Lekin 
bularning barchasining aynan haqiqatini yakka Allohgina bilur. 
1853/47. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.) mening 
qo‘limdan ushlab: «Alloh taolo tuproqni, ya’ni yerni shanba kuni yaratdi. Tog‘larni 
yakshanba kuni, daraxtni dushanba kuni, yomon narsalarni seshanba kuni, nurni 
chorshanba kuni, o‘rmalab yuruvchi narsalarni payshanba kuni, Odam alayhissalomni 
juma kuni asrdan keyin, barcha maxluqlarni yaratib bo‘lib, kunduzining oxirida, asr bilan 
kechqurun orasida yaratgandir», dedilar». Imom Muslim rivoyati. 
1854/48. Abu Sulaymon Xolid ibn Validdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mut’a 
urushi kuni mening qo‘limda to‘qqizta qilich sindi. Oxiri qo‘limda yamancha ishlangan 
xanjar qoldi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. 
1855/49. Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror hokim 
hukm qilsa va ana shu hukmida haqiqatga erishayin, deb ko‘p harakat qilsa, pirovardida 
haqiqatga yetishsa, unga ikkita ajr bo‘ladi. Agar hukm qilib, o‘sha hukmida haqiqatni 
topa olmay, 
xatoga yo‘l qo‘ysa, bitta ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1856/50. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Isitma kasalligi 
jahannam haroratidandir. Sizlar uni suv bilan sovutinglar», deb aytdilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
1857/51. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim vafot etsa-yu, 
uning zimmasida ro‘za qazosi bo‘lsa, yaqinlari o‘sha ro‘zani tutsin», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Foyda: bu hadisdan o‘lgan kishi uchun uning yaqinlari qazo ro‘zasini tutib berishi 
joizligi tushuniladi. Yaqinlari merosxo‘rlar yoki merosxo‘r bo‘lmaganlar hamdir. 
1858/52. Avf ibn Molik ibn Tufayldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Oisha onamizga: 
«(Jiyaningiz) Abdulloh ibn Zubayr siz qilgan bir oldi-sotdi yoki bergan bir hadyangiz 
haqida agar xolam ehtiyotkorlik bilan ish qilmasalar, muomaladan man etib qo‘yaman, 
dedilar», deb aytdi. Oisha (r.a.): «Haqiqatda jiyanim shu gaplarni aytdimi?» degandilar, 
atrofdagilar: «Ha», deyishdi. Oisha (r.a.): «Alloh uchun Abdulloh ibn Zubayr bilan hech 
gaplashmaslikni nazr qilaman», dedilar. Bu holat, ya’ni arazlashish uzoq davom 
etganidan keyin Abdulloh ibn Zubayr o‘rtaga (islohga keltirish uchun) odam qo‘ydilar. 
Oisha (r.a.): «Yo‘q, Alloh nomiga qasamki, hech biror kishining shafoatini (ya’ni, o‘rtaga 
tushishini) qabul qilmayman hamda nazrimni buzmayman», dedilar. Arazlashish yana 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish