Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
251
DUOLAR KITOBI
250-bob
Duolar fazilati haqida
Alloh taolo:
«Parvardigorlaringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar. Men sizlarga
(qilgan
duolaringizni)
mustajob qilurman»
(o‘ofir surasi, 60-oyat);
«Parvardigoringizga tazarru bilan ichingizda
(maxfiy)
duo-iltijo qilingiz!
Zotan, u haddan oshuvchi kimsalarni
(ya’ni, el ko‘ziga ko‘rsatish uchun riyokorlik
qiluvchilarni)
sevmas»
(A’rof surasi, 55-oyat);
«Bandalarim sizdan
(Ey Muhammad)
Men haqqimda so‘rasalar, Men
(ularga)
yaqinman. Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duosini ijobat qilaman»
(Baqara surasi, 186-oyat);
«Yoki muztar-nochor odam duo-iltijo qilgan vaqtida
(duosini)
ijobat qiladigan
Zot...
» (Naml surasi, 62-oyat) deb aytgan.
1464/1. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Duo -
ibodatdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
1465/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ko‘p narsalarni o‘zida
qamrovchi duolarni yaxshi ko‘rardilar. Va bundan boshqasini tark qilardilar. Abu Dovud
rivoyati.
1466/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) ko‘p (qilib yuradigan)
duolari «Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina azaban-
nar» edi. (Ma’nosi: «Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda
ham yaxshilik ato qilgin va bizni do‘zax azobidan asragin».) Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Muslimning rivoyatlarida shunday ziyoda qilingan: «Agar Anas (r.a.) iltijo qilmoqni
xohlasalar, mana shuni aytardilar. Agar duo qilishni xohlasalar ham, mana shuni
aytardilar».
1467/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohumma inniy
as‘alukal huda vattuqo val ‘afofa val g‘ina», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, Sendan
hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rayman».) Imom Muslim rivoyati.
1468/5. Toriq ibn Ushamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar (biror) kishi Islomga
kiradigan bo‘lsa, Rasululloh (s.a.v.) unga namoz o‘rgatardilar. So‘ngra mana bu
kalimalar ila duo qilmoqni buyurardilar: «Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy va
ofiniy varzuqniy». (Ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, rahm ayla, hidoyat qil, ofiyat
etib rizqlantirgin».) Imom Muslim rivoyati.
Imom Muslimning Toriqdan (r.a.) qilgan boshqa bir rivoyatida keltirilishicha,
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: «Ey Rasululloh, Rabbimdan so‘ragan
paytimda qanday qilib aytaman?» deganida, u zot: «(Unda): «Allohumma ig‘fir liy
varhamniy, va ofiniy varzuqniy», deb aytgin. Chunki mana shu kalimalar dunyoing va
oxiratingni jamlovchidir», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm
et, meni ofiyatda qil va rizqlantir».)
1469/6. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Allohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ‘ala to’atika», deb aytardilar. (Ma’nosi:
«Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Allohim, qalbimizni toatingga burib qo‘ygin».) Imom
Muslim rivoyati.
1470/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh nomi bilan
mashaqqatli balodan, baxtsizlikning eng past darajasidan, qazo (qadar)ning yomonidan
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |