www.ziyouz.com
kutubxonasi
258
namozni ado qilmaydi, deb gumon qilishmoqda», desalar, Sa’d: «Alloh nomiga qasamki,
men ularga Rasulullohning (s.a.v.) namozlarini o‘qib beryapman, undan hech narsani
kamaytirmayapman. Va xufton namozining avvalgi ikki rakatida uzun sura o‘qib, keyingi
ikki rakatida qisqa qilmoqdaman», dedilar. Umar (r.a.): «Bu sizning gumoningiz, ey Abu
Ishoq», deb bu haqda surishtirish uchun bir kishi yoki bir necha kishini Kufaga
yubordilar. Ular biror masjid qoldirmasdan bu haqda so‘rashganida, barchalari Sa’dning
yaxshiliklarini aytib maqtashdi. Qachonki, bir masjidga kirishganida, Abu Sa’da Usoma
ibn Qatoda ismli shaxs turib: «Agar siz surishtiradigan bo‘lsangiz, albatta Sa’d ibn Abu
Vaqqos sariyya (urush)larga bormaydi, o‘ljani teng taqsimlamaydi. Qozilikda odillik
qilmaydi», dedi. Buni eshitgan Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.): «Allohga qasamki, men seni
uch narsa ila duoibad qilaman: Allohim, agar mana shu quling yolg‘onchi va o‘zini
ko‘rsatib riyo uchun buni qilgan bo‘lsa, umrini uzoq, kambag‘alligini uzun va o‘zini
fitnaga duchor qilgin», dedilar. Mana shundan keyin shayx: «Sa’dning duoibadi menga
yetib fitnaga duchor bo‘ldim», deb aytdi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan roviy Abdulmalik ibn Umayr shunday deydi: «Men
u shayxni qarib ketganidan ikki qoshi ikki ko‘zi ustiga tushgan holda ko‘rdim. U yo‘lda
uchragan qizlarga ko‘z qisar edi».
1505/4. Urva ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Said ibn Zayd (r.a.) bilan Arvo
binti Avs xusumatlashib Marvon ibn Hakam huzuriga kelishdi. U ayol yeridan bir
parchasini Said ibn Zayd olganini da’vo qildi. Said: «Men Rasulullohdan (s.a.v.) buning
yomonligi haqida eshitganimdan keyin ham yeridan bir parcha olarmidim?» deganida,
«Rasulullohdan (s.a.v.) nima eshitgansan?» dedi Marvon. Shunda Said: «Rasululloh
(s.a.v.) «Kim zulm bilan yerdan bir qarichiga ega bo‘lib olsa, yetti (qavat) yerga
o‘raladi», deganlarini eshitganman», dedi. Buni eshitgan Marvon: «Bundan keyin sendan
dalil-isbot so‘ramayman», dedi. Said esa: «Allohim, agar bu ayol yolg‘onchi bo‘lsa,
ko‘zini ko‘r qilib o‘z yerida o‘ldirgin», dedi. Aytishlaricha, bu ayolning ko‘zi o‘lishidan
oldin ko‘r bo‘ldi, o‘z yerida keta turib bir chuqurga tushib vafot etdi. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1506/5. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Uhud kuni kechasi otam meni
chaqirib: «Gumonimcha, bugun Rasululloh (s.a.v.) sahobalari ichida birinchi o‘ldirilgan
kishi men bo‘lsam kerak. O’zimdan keyin Rasulullohni (s.a.v.) hisobga olmaganda
sendan ko‘ra azizroq kishi yo‘qdir. Albatta mening bo‘ynimda qarzlarim bor. Sen ularni
uzgin. Aka-ukalaringga yaxshi muomalada bo‘lgin», dedilar. Haqiqatda o‘sha kuni
birinchi o‘ldirilgan kishi otamiz bo‘ldilar. Men otamni bir kishiga qo‘shib qabrga dafn
etdim. Keyin qilgan ishimdan ko‘nglim taskin topmadi. Olti oy o‘tgandan keyin qayta
qazib oldim. Otam qabrga qo‘ygan kunimdagidek quloqlaridan boshqa a’zolari
o‘zgarmagan holatda turibdilar. Men tanho o‘zlarini qabrga qo‘ydim». Imom Buxoriy
rivoyati.
1507/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Sahobalardan ikkitasi Rasululloh (s.a.v.)
huzurlaridan zulumot kechada chiqishganida oldilarida chiroq kabi ikkita nur bor edi.
Qachonki, har ikkilari bir-birlaridan alohida bo‘lishgan edi, o‘sha nur ham alohida bo‘lib
ikkiga bo‘lindi. Hattoki, ikkovlari uylariga nur bilan borishdi. Imom Buxoriy rivoyati.
Bu ikki sahobadan birlarining ismi Usayd ibn Huzayr, ikkinchisining ismlari Abbod ibn
Bishrdir.
1508/7. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) o‘n nafar kishini
xabar olib kelish uchun yubordilar. Ularga Osim ibn Sobit Ansoriyni boshliq etib
tayinladilar. Ular yo‘lga chiqib, Makka bilan Usfon oralig‘idagi Xudat degan joyda
ketishayotganida Huzayl qabilasidan Bani Lihyon, deb ataluvchi qavmga bularning
ketishayotgani ma’lum bo‘ldi. Ular yuzga yaqin chavandoz bilan axtarib izlaridan
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |