www.ziyouz.com
kutubxonasi
260
edi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
261
QAYTARILGAN ISHLAR HAQIDAGI KITOB
254-bob
G’iybatning haromligi va tilni saqlashga buyurish haqida
Alloh taolo:
«Ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o‘zining
o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?! Ana yomon
ko‘rdingizmi?!
(Bas, gunohi bundan-da ortiq bo‘lgan g‘iybatni ham yomon ko‘ringiz!)
Allohdan qo‘rqingiz! Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir»
(Hujurot surasi, 12-oyat);
«(Ey inson),
o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dil -
bularning barchasi to‘g‘risida
(har bir inson)
mas’ul bo‘lur
(ya’ni, eshitgan, ko‘rgan
va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» (Al-Isro surasi,
36-oyat);
«U (inson)
biron so‘zni talaffuz qilmas, magar
(talaffuz qilsa)
uning oldida
hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi
(farishta u so‘zni yozib olur)» (Qof surasi, 18-
oyat), deb aytgan.
Biling, albatta har bir oqil kishi tilini barcha so‘zlardan saqlamog‘i lozim. Faqatgina
manfaat bo‘lgandagina gapirishi lozim. Endi qachonki gapirish va gapirmaslikdagi
manfaat barobar bo‘lib qolsa, gapirmasdan tilni tiymoq sunnat amaldir. Chunki gohida
muboh so‘zlar ham harom yoki makruh so‘zlarga olib boradi. Odatda ko‘pincha shunaqa
ishlar bo‘ladi. Omon qolishni esa birorta narsaga almashtirib bo‘lmaydi.
1510/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Allohga va
oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi so‘z aytsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
Bu hadis agar yaxshilik bo‘lsagina gapirmoq lozimligini ko‘rsatmoqda. Agar gapida
manfaat bo‘lmasa, so‘zlamasligi lozim.
1511/12. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Ey Rasululloh,
musulmonlarning qaysinisi afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Agar musulmonlar uning
tilidan va qo‘lidan omonda bo‘lishsa, ana shunisi afzal», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1512/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim menga ikki
jag‘i va ikki oyog‘i orasini (saqlashga) kafolat bersa, uning jannatga kirishiga kafolat
beraman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
1513/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Banda
o‘ylamasdan bir so‘zni aytib qo‘yadi-da, keyin u sababli do‘zaxga shu qadar pastlab
tushib ketadiki, uning oraligi mag‘rib va mashriqchadir», dedilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
1514. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir banda Alloh taolo
rozi bo‘ladigan so‘zni aytib, natijasini o‘ylamay yuraveradi-da, ammo Alloh taolo O’zi
bilib, uning darajasini ko‘taradi. Yana bir banda Alloh taoloni norozi qiladigan bir so‘zni
aytib, oqibatini o‘ylamay yuraveradi-da, biroq Alloh taolo buni ham O’zi bilib,
jahannamga tashlaydi», dedil ar. Imom Buxoriy rivoyati.
1515/6. Bilol ibn Horis al-Muzaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi
Allohning roziligidan bo‘lgan so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi. Alloh
taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha roziligini yozib qo‘yadi. Va yana bir kishi
Allohning g‘azabini keltiruvchi so‘zni gapirib, u bilan oliy darajaga yetishni fikr qiladi.
Alloh taolo so‘zi sababli Unga yo‘liqadigan kungacha g‘azabini yozib qo‘yadi», dedilar.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |