Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
250
Sening isming bilan tirilaman va o‘laman».)
Imom Buxoriy rivoyati.
1458/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Fotima bilan Aliga
(roziyallohu anhumo): «To‘shakka yoki o‘rningizga yotsangiz, o‘ttiz uch martadan
«Subhanalloh», «Alhamdulillah», «Allohu akbar», denglar», deb tayinlaganlar.
Boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.)
«Tasbehni o‘ttiz to‘rt marta
aytingiz», yana bittasida «Takbirni o‘ttiz to‘rt marta aytingiz», deganlar.
Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
1459/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kishi to‘shakka
yotayotganida ko‘rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida nima borligini
bilmaydi. So‘ng «Bismika Robbiy vazo’tu jambiy va bika arfa’uhu, in amsakta nafsiy
farhamha va in arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin»,
dedilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan
turaman. Agar mening ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo‘yib yuborsang, ya’ni
hayotda bardavom qilsang, xuddi solih bandalaringni saqlaganingdek, uni ham hifzu
himoyangga ol».)
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1460/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to‘shaklariga yotsalar,
qo‘llariga suflab ikkita «Qul a’uzu... »ni o‘qir, so‘ng tanalariga surtar edilar.
Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Ikkovlaridan qilingan boshqa rivoyatda aytilishicha, Rasululloh (s.a.v.) agar
ko‘rpalariga kirsalar, ikki kaftlarini jamlab turib, unga «Qul huvallohu ahad... », «Qul
a’uzu birobbil falaq... », «Qul a’uzu birobbinnas... » suralarini o‘qib qo‘llari yetgan
joylarigacha surtar edilar. U ikki kaftlarini boshlari, yuzlari va jasadlarining old
tomonidan boshlab uch martadan bajarardilar.
1461/5. Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh alayhissalom menga:
«Agar to‘shagingga kelsang, namozga tahorat qilganingdek tahorat ol, so‘ng o‘ng
tomoningga yonboshlab «Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va vajjahtu vajhiy ilayka va
favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayk, rog‘batan va rohbatan ilayk, la malja`a va
la manja minka illa ilayk, amantu bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta», deb
ayt. Bu narsalarni o‘qib yotib o‘sha kechasi vafot etsang, Islom fitratida o‘lasan.
Yotishdan oldin oxirgi aytadiganing shu bo‘lsin», dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, nafsimni
Senga taslim etdim. Yuzimni Senga qaratdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening
ne’matingga rag‘bat qilib, g‘azabingdan qo‘rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa
qochadiganim ham, najot topadiganim ham yo‘q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan
payg‘ambarlaringga iymon keltirdim».)
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1462/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) to‘shaklariga yotadigan
bo‘lsalar: «Alhamdu lillahillaziy at’amana va saqona va kafana va avana fakam mimman
la kafiya lahu va la mu`viy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: «Bizni yedirgan, ichirgan, kifoya
qilgan va boshpana bergan Allohga hamd bo‘lsin. Qanchadan-qancha kishilarning
saqlaguvchisi va boshpana berguvchisi yo‘q».)
Imom Muslim rivoyati.
1463/7. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) yotishni xohlasalar,
o‘ng qo‘llarini chakkalarining tagiga qo‘yib: «Allohumma qiniy ‘azabaka yavma tab’asu
‘ibadak», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Allohim, bandalaringni qayta tiriltiradigan Kundagi
azobingdan saqla».)
Imom Termiziy rivoyati.
Abu Dovud ham Hafsa onamizdan xuddi shu ma’nodagi hadisni rivoyat qilib «uch
marta», degan so‘zni qo‘shib qo‘ydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: