Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc


-BOB Kechasi bedor qoim bo‘lishning



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

212-BOB
Kechasi bedor qoim bo‘lishning
fazilati haqida 
Alloh taolo: 
«Kechaning 
(bir qismida) 
uyg‘onib, o‘zingiz uchun nafl 
(ibodat) 
bo‘lgan 
namozni o‘qing! Shoyadki Parvardigoringiz sizni 
(Qiyomat kunida) 
maqtovli 
maqomda tiriltirur» 
(Isro surasi, 79-oyat). 
«Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur 
(ya’ni tunlarini ibodat bilan 
o‘tkazib, oz uxlaydilar)» (Sajda surasi, 16-oyat). 
«Ular kechadan ozgina 
(fursatgina) 
ko‘z yumar edilar» 
(Vaz-Zariyot surasi, 17-
oyat), deb aytgan. 
1159/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechalari bedor 
bo‘lganlaridan ikki oyoqlari shishib ketar edi. Shunda men u zotga: «Nima uchun bunday 
qilasiz, ey Allohning rasuli? Sizning avvalgiyu keyingi gunohlaringiz mag‘firat etilgan 
bo‘lsa?» desam, u zot: «Nima, shukr qiluvchi banda bo‘lmaymi?» dedilar. Imom Buxoriy 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
216
va Muslim rivoyatlari. 
1160/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi qizlari Fotima (r.a.) 
huzurlariga kelib: «Sizlar namoz o‘qimadinglarmi?» dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Foyda: 
Tungi namozning fazilati ulug‘ bo‘lgani uchun boshqalarni ham tungi namozga 
uyg‘otish va ogoh etishga ruxsat berilgan. 
1161/3. Solim ibn Abdulloh ibn Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
(s.a.v.) «Abdulloh muncha ham yaxshi inson, agar u kechalari (tahajjud) namozini 
o‘qisa», dedilar. Solim (r.a.): «Abdulloh ibn Umar mana shu so‘zdan keyin kechasi 
ozgina uxlaydigan bo‘ldi», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1162/4. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey 
Abdulloh, falon kishi kabi bo‘lmagin. Avvaliga u kishi kechasi namoz o‘qirdi, keyin 
kechasi turishni tark qildi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1163/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida 
kechasidan to subhgacha uxlaydigan kishi zikr qilinganida Rasululloh (s.a.v.) u kishining 
ikki yoki bir qulog‘iga shayton bavl qilib qo‘ygandir, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
1164/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: 
«Uxlayotgan vaqtingizda shayton bo‘yningizga uchta tugun 
tugib qo‘yadi. Har tugunni harakatga keltirib, kecha hali uzun, yotaver, deydi. Agar kishi 
uyg‘onib, Allohni zikr qilsa, tugunlarning biri yechiladi. Agar tahorat qilsa, ikkinchisi 
yechiladi. Namoz o‘qisa, tugunlarning hammasi yechiladi va kishi nafsi pok, faol va 
g‘ayratli bo‘lib tong orttiradi. Ammo uyquda yotaversa, nafsi iflos, dangasa bo‘lib 
uyg‘onadi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1165/7. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ey insonlar, 
salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan (kambag‘allarni) 
taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz o‘qing, jannatga 
omon holatda kirasizlar», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1166/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Ramazondan 
keyingi ro‘zalarning eng afzali muharram oyidagi nafl ro‘zasidir. Farz namozlaridan 
keyingi eng afzal namoz tundagi tahajjud namozidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1167/9. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Tungi tahajjud 
namozi ikki-ikki rakaatdir. Agar subh kirib qolishidan cho‘chisang, bir rakaat vitr 
o‘qigin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari (Bu hadisni Shofe’iy 
mazhabidagilar ixtiyor qilishgan. Bizning Hanafiya mazhabimizda esa vitr uch rakaat 
o‘qiladi. Albatta bunga Hanafiya mazhabi ulamolari kelgusidagi Oishadan rivoyat qilingan 
1171-raqamli va boshqa sahih hadisni dalil qilib keltirishgan. - Tarj). 
1168/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi ikki rakat-ikki 
rakaat o‘qib, bir rakaat vitr o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
(Yuqorida aytganimizdek, bu hadisga Shofe’iy mazhabida amal qilishadi. Tarj.) 
1169/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) ba’zi oylarda og‘izlari 
ochiq yurardilarki, hatto biz ro‘za tutmadilar shekilli, deb gumon qilar edik. Va ba’zi 
oylarda ro‘za tutardilarki, hatto biz og‘iz ochmadilar shekilli, deb gumon qilar edik. Agar 
u zotni kechalari namozda topishni xohlasang, namozda topar eding. Agar kechqurun 
uyquda topishni xohlasang, uyquda topar eding. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
Foyda: 
Ibodatlarni ko‘paytirishga targ‘ib bor. Xususan, tundagi nafl va tahajjudlarni 
huquqlarni poymol qilmay va shartlarini kamaytirmasdan bajarish joiz. Eng afzali tunni 
namoz ila bedor o‘tkazish va ba’zi kunlarda ro‘za tutishlikni tayin qilmaslikdir. 
Chunki doim ro‘za tutishni odat qilib olinsa, nafsga mashaqqat olib keladi. Va bu bilan 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish