www.ziyouz.com
kutubxonasi
217
savobi ozayib ketadi.
1170/12. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasi o‘n bir rakaat
namoz o‘qirdilar. Bundagi sajdada sizlardan biringiz bosh ko‘tarishidan oldin ellik oyat
o‘qish miqdoricha turardilar. Bomdodning farzidan oldin ikki rakaat namoz o‘qirdilar.
Keyin muazzin namozga chaqirguncha o‘ng tomonga yonboshlab turardilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
1171/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ramazonda yoki boshqa
oyda kechqurundagi namozlarini o‘n bir rakaatdan oshirmasdilar. Avval to‘rt rakaat
o‘qirdilar. Sizlar buni chiroyli qilib, uzun holatda o‘qiganlarini so‘ramanglar. Ya’ni
nihoyatda chiroyli va uzun qilib o‘qirdilar. Keyin yana to‘rt rakaat namoz o‘qirdilar. Sizlar
buni chiroyli qilib va uzun holatda o‘qiganlarini so‘ramanglar. Keyin uch rakaat o‘qirdilar.
Shunda men: «Ey Allohning rasuli, vitr o‘qishdan oldin uxlaysizmi?» desam, u zot: «Ey
Oisha, ko‘zim uxlasa ham, qalbim uxlamaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari
(Hanafiya mazhabida ushbu hadis va bundan boshqa hadislarga binoan vitrni uch
rakaat o‘qishadi. - Tarj).
1172/14. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechaning avvalida
uxlab, oxirida turib namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1173/15. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bilan bir kecha
namoz o‘qidim. U zot tik turaverganlaridan men bir yomon narsani qasd qildim. Shunda:
«Nimani qasd qildingiz?» deyilganida Ibn Mas’ud (r.a.): «Rasulullohni (s.a.v.) tik qo‘yib,
o‘zim o‘tirib olishni», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1174/16. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kechasi Rasululloh (s.a.v.) bilan birga
namoz o‘qidim. U zot Baqara surasini boshladilar. Yuz oyatda ruku’ qilsalar kerak, deb
o‘yladim. Ammo namozda davom etdilar. Hammasini o‘qib bo‘lib, ruku’ qilsalar kerak,
deb o‘yladim. Ammo namozda davom etdilar. So‘ng Oli Imron surasini boshladilar. Keyin
Niso surasini shu taxlit o‘qidilar. Ohista va shoshilmay qiroat qildilar. Biror oyatni
o‘qiyotganlarida tasbeh kelsa, tasbeh aytdilar, so‘raladigan narsa kelsa, so‘radilar, panoh
tilaydigan oyat kelsa, panoh tiladilar. Keyin ruku’ qilib, unda: «Subhana robbiyal
‘aziym», dedilar. Ruku’lari qiyomlariga yaqin bo‘ldi. Keyin: «Samiallohu liman hamidah,
robbana lakal hamd», dedilar. Unda ham uzun turdilar. Bu ham ruku’lariga yaqin bo‘ldi.
Keyin sajda qildilar. Unda: «Subhana robbiyal a’lo», dedilar. Sajdalari ham qiyomlariga
yaqin bo‘ldi. Imom Muslim rivoyatlari.
1175/17. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohga (s.a.v.) «Namozlardan qaysi
biri afzal?» deyilganida, u zot: «Qiyom (tik turish)ni uzun bo‘lganidir», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari.
1176/18. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Alloh taolo uchun namozlarning yaxshisi Dovud alayhissalomning namozlaridir. Alloh
taolo uchun ro‘zalarning eng yaxshisi Dovud alayhissalomning ro‘zalaridir. U zot
kechaning avvalgi yarmida uxlab, qolgan uch qismida namozga mashg‘ul bo‘lardilar.
Oxirgi hissasida, ya’ni oltidan bir qismida uxlardilar. Bir kun ro‘za tutib, bir kun og‘izlari
ochiq bo‘lar edi. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1177/19. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kechasida bir fursat bor.
Agar musulmon kishi o‘sha fursatga muvofiq kelib, Alloh taolodan dunyo va oxirat
ishlaridan biror yaxshilik so‘rasa, albatta Alloh uni beradi. Bu fursat har kecha bo‘ladi»,
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1178/20. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar sizlardan
biringiz kechasi tahajjud uchun tursa, avvalo yengilgina qilib, ikki rakaat namoz o‘qib
olsin», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |