«Bas, kim
(hayoti - dunyodalik paytida)
zarra misqolichalik yaxshilik qilsa,
(Qiyomat kunida)
o‘shani ko‘rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham
ko‘rur»
(Zalzala surasi, 7-8-oyatlar). Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Bu hadis lafzi
Muslimniki.
217-BOB
Ro‘za tutishning shartligi va ro‘zaning farzligi hamda unga
taalluqli narsalar haqida
Alloh taolo:
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
223
«Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga
farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi
sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda
(ro‘za tuta olmagan
kunlarining)
sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi»
(Baqara surasi, 183-oyat). deb
aytgan.
Ro‘za haqidagi ba’zi hadislar yuqoridagi bobda ham keltirildi. 1214/1. Abu Hurayradan
(r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: Alloh azza va jalla: «Har bir odam
bolasining amali o‘zi uchundir. Lekin ro‘zasi Men uchundir. Uning mukofotini O’zim
beraman», dedi. Ro‘za do‘zaxdan to‘siqdir. Agar sizlardan biringiz ro‘za tutsa fahsh
hamda lag‘v so‘zlarni gapirmasin. Agar biror kishi so‘ksa yoki urushsa, «men
ro‘zadorman», desin. Muhammadning joni Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki,
ro‘zadorning og‘zidagi hidining o‘zgarib qolishi Allohning huzurida mushkning hididan
ham xushbo‘yroqdir. Ro‘zadorga ikki xursandchilik bordir. Biri: og‘zini ochganida.
Ikkkinchisi: ro‘zasi bilan xursand bo‘lib Rabbisiga yo‘liqqanida». Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Bu hadis lafzi imom Buxoriy rivoyatlaridandir. Va yana boshqa rivoyatlarda: «(Alloh
aytadi): « Ro‘zador taomini, sharobini va shahvatini Men sababli tark qiladi. Ro‘zasini
Men uchun tutadi. Men O’zim uni mukofotlayman. Har yaxshiligi uchun Men o‘n barobar
qilib beraman», deyilgan.
Imom Muslim rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Odam bolasining har bir amaliga
o‘ndan boshlab yetti yuz barobargacha beriladi. Alloh taolo: «(Banda) ro‘zani Men uchun
tutadi. Uni o‘zim mukofotlayman. Chunki u Men uchun ovqati va shahvatini tark qiladi»,
dedi. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor. Biri: og‘zini ochganida. Ikkinchisi: Robbisiga
yo‘liqqan paytda. Ro‘zadorning og‘zidagi hid Allohning huzurida mushkning hididan ham
yaxshidir».
1215/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Kim Alloh yo‘lida
ikki ulovini infoq qilsa jannat eshiklaridan chaqiriladi. Ey Allohning bandasi, bu yaxshidir.
Kim namoz ahlidan bo‘lsa namoz eshigidan chaqiriladi. Kim jihod ahlidan bo‘lsa jihod
eshigidan chaqiriladi. Kim ro‘za ahlidan bo‘lsa Rayyon (chanqoqbosdi) eshigidan
chaqiriladi. Kim sadaqa ahlidan bo‘lsa sadaqa eshigidan chaqiriladi», deganlarida, Abu
Bakr (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur ey Allohning Rasuli! Bu eshiklarning biridan kirishda
noqislik yo‘q-ku, lekin biror kishi bu eshiklarning barchasidan chaqiriladimi?» dedilar.
Shunda Rasululloh (s.a.v.) « Ha, seni o‘shalardan bo‘lishingni umid qilaman», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1216/3. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Jannatda bir
eshik bor. Uni Rayyon deyiladi. Qiyomat kuni undan faqat ro‘zadorlar kiradi. Ulardan
boshqalar kirishmaydi. «Ro‘zadorlar qaerda?» deb chaqiriladi. Ular o‘rinlaridan turishadi.
Bulardan boshqa biror kishi kirmaydi. Agar ro‘zadorlar kirishsa eshik yopiladi. Boshqa
biror kishi kira olmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1217/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qaysi bir
banda bir kun Alloh yo‘lida ro‘za tutsa, Alloh o‘sha ro‘zasi sababli u kishining yuzini
yetmish yillik masofaga qadar do‘zaxdan uzoq qiladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
1218/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Ramazon
oyida uning farzligiga ishonib, savob umidida ro‘za tutsa, uning avvalgi gunohlari
kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1219/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar Ramazon oyi
kelsa, jannat eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi. Va shaytonlar kishanlanadi»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |