Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
197-BOB
Bomdodning ikki rakat sunnatini yengil o‘qish va unda o‘qiladigan
narsalar hamda uning qaysi vaqtda o‘qilishi bayoni 
1103/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining azoni 
bilan iqomati orasida ikki rakat yengil namoz o‘qir edilar. Imom Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari. 
Ikkovlarining boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining ikki rakat 
sunnatini shu qadar yengil o‘qirdilarki, hattoki: «U zot Fotiha surasini o‘qidilarmikan?» 
deb o‘ylab qolardim», deb kelgan. 
Imom Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) agar azon eshitsalar, 
bomdod namozining sunnatini o‘qib, uni yengil qilardilar», deyilgan. 
Yana bir boshqa rivoyatda: «Agar subh kirsa» bo‘lib kelgan. 
1104/2. Hafsadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) odatlari agar muazzin 
bomdod namoziga azon aytsa va subh yorishsa, yengilgina qilib ikki rakat bomdod 
namozining sunnatini o‘qib olardilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Agar subh yorishsa, yengil qilib faqatgina bomdod 
namozining ikki rakat sunnatini o‘qib olardilar», deb kelgan. 
1105/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) kechasining (tahajjud) 
namozini ikki rakaat-ikki rakat qilib o‘qirdilar. Kechaning oxirida esa bir rakat vitr 
o‘qirdilar. Bomdodning farzidan oldin ikki rakat sunnatini o‘qirdilar. Buni azon aytilishi 
bilan o‘qib olardilar. Go‘yoki takbir quloqlariga yetib turgandek edi. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
(Ya’ni avvalgi vaqti o‘tib ketishidan qo‘rqqan holda namoz takbirini eshitgan kishi 
shoshgani kabi tezlik bilan o‘qib olardilar. Bu hadisga binoan Imom Shofe’iy 
mazhabidagilar vitrni bir rakat o‘qishadi. Bizning Hanafiya mazhabida esa, vitrni 1171-
raqamli va boshqa sahih hadisga muvofiq uch rakat o‘qiladi. -Tarj). 
1106/4. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozining 
sunnatini avvalgi rakatida Baqara surasidagi «Qulu amanna billahi va ma unzila ilayna» 
oyatini, ikkinchi rakatida «omanna billahi vashhad bianna muslimun» oyatini o‘qir edilar. 
Boshqa rivoyatda esa «Ikkinchi rakatida «Oli Imron» surasidagi «ta’olav ila kalimatin 
sava’in baynana va baynakum» oyatini o‘qirdilar» bo‘lib kelgan. Bu ikkovini Imom 
Muslim rivoyat qilganlar. 
1107/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bomdod 
namozining ikki rakat sunnati birinchi rakatida «Qul ya ayyuhal kafirun» va ikkinchi 
rakatida «Qul huvallohu ahad» suralarini o‘qir edilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1108/6 . Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasulullohning (s.a.v.) bir oy 
mobaynida bomdod namozining ikki rakatlik sunnati birinchi rakatida «Qul ya ayyuhal 
kofirun» surasini va ikkinchi rakatida esa «Qul huvallohu ahad» surasini o‘qiganlarini 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish