Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
193-BOB
Besh vaqt namozni muhofaza etishga buyurish hamda uni qasddan
tark qilganlarni qattiq va’iydlar bilan
qaytarish to‘g‘risida 
Alloh taolo: 
«Barcha namozlarni va xususan, o‘rta namozni 
(asr namozini) 
saqlanglar — 
o‘z vaqtlarida ado etinglar» 
(Baqara surasi, 238-oyat). 
«Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado qilishib, zakotni bersalar, 
ularning yo‘llarini to‘smangiz! 
(ya’ni ular bilan urushishni bas qilingiz)» (Tavba 
surasi, 5-oyat), deb aytgan. 
1073/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohdan (s.a.v.) «Qaysi amal 
afzal?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, 
u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Alloh 
yo‘lidagi jihod», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1074/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Islom besh narsa 
ustiga qurilgan: «La ilaha illalloh va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasi; namozni 
ado etish; zakot berish; Baytullohni haj qilish; Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1075/3. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishilar «La ilaha 
illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytmagunlaricha, namozni ado 
etmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha ular bilan urishmoqlikka buyurildim. Agar 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
205
mana shu aytilgan narsalarni bajarishsa, ular o‘z jonlari va mollarini mendan 
saqlashibdi. Lekin Islom haqlarida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Buning 
hisobi Alloh taologa havoladir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
1076/4. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) meni Yamanga 
yuborayotib, «Sen ahli kitob bo‘lgan qavmning huzuriga ketyapsan. Agar borsang, ularni 
«La ilaha illalloh vaanna Muhammadan rasululloh» shahodatiga chaqir. Agar bunga itoat 
qilishsa, Alloh ularga har kecha va kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini bildirgin. 
Agar bunga ham itoat qilishsa, Alloh ularga boylaridan olib, kambag‘allariga beriladigan 
sadaqani farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, zakot olayotganingda 
ularning yaxshi mollarini tanlab olishdan saqlangin. Hamda mazlumning duosidan 
qo‘rqqin. Chunki u bilan Alloh o‘rtasida parda bo‘lmaydi», dedilar». Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
1077/5. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Bir kishi bilan shirk va 
kufr orasidagi farq namozni tark qilishdir», de dil ar. Imom Muslim rivoyatlari. 
1078/6. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Biz bilan ularning 
(munofiqlarning) orasidagi farq namozdir. Bas, kimki uni tark qilsa, batahqiq kofir 
holicha qolibdi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1079/7. Buyuk tobe’inlardan ekanligiga ittifoq qilingan Shaqiq ibn Abdullohdan (r.a.) 
rivoyat qilinadi. «Rasulullohning sahobalari namozni tark qilishdan boshqa biror amalni 
tark qilishni kofirlik deb hisoblashmas edi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
1080/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni 
bandaning birinchi bo‘lib hisob qilinadigan amali namozdir. Agar u yaroqli bo‘lsa, najot 
topib, muvaffaqiyatga erishibdi. Agar yaroqsiz bo‘lsa, hasrat-nadomatda qolibdi. Agar 
bordiyu farz amallaridan biror kamchilik bo‘lsa. Alloh taolo: «Bandamning nafl amallariga 
qaranglar-chi?» deydi. Agar nafl amallar bo‘lsa, farzning kamchiliklari to‘ldiriladi. Keyin 
boshqa amallari ham mana shu tarzda ijro etiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish