194-BOB
Avvalgi safning fazilati hamda avvalgi safni to‘ldirib
jipslash va tekis qilishga buyurish haqida
1081/1. Jobir ibn Samuradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) huzurimizga
chiqib: «Farishtalar Rabbilari huzurida saf tortgani kabi sizlar ham saf tortmaysizlarmi?»
dedilar. Biz: «Ey Allohning Rasuli, farishtalar Rabbilari huzurida qanday saf tortishadi?»
desak, u zot: «Avvalgi safni to‘ldirib va safni jips qilishadi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
1082/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar odamlar
azon va avvalgi safning fazilatini bilishganida edi, uni qo‘lga kiritish uchun qur’a
tashlashga majbur bo‘lib qolishsa, qur’ani tashlab bo‘lsa ham u fazilatni olishga harakat
qilishar edi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1083/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Erkaklar safining
yaxshisi avvalgi safdir. Oxirgi saf esa yomonidir. Ayollar safining yaxshisi oxiridir.
Avvalgi saf esa yomonidir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1084/4. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
sahobalarining orqa (saf)da turganlarini ko‘rib): «Oldinga o‘tinglar. Bas, menga iqtido
qilinglar. Orqangizdagilar sizlarga iqtido qilsin. Ba’zi toifa kishilar doim ortda qolishadi.
Alloh ham ularni ortda qoldiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1085/5. Abu Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) namoz (oldidan)
yelkalarimizni ushlab: «Barobar turinglar. Har turli bo‘lib turmanglar. Qalblaringiz ham
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
206
har turli bo‘lib qoladi. Menga balog‘atga yetgan aqllilaringiz yaqin tursin. Keyin aqlda
ularga yaqinlari tursin. So‘ngra ularga yaqinlari tursin», deb aytardilar». Imom Muslim
rivoyatlari.
1086/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni barobar
qilinglar. Chunki safni barobar qilish namozning mukammal bo‘lishiga sababchidir»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Buxoriy rivoyatlarida: «Saflarni barobar qilish namozni qoim etishdir»,
deyilgan.
1087/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni namozga takbir aytilganida Rasululloh
(s.a.v.) bizlarga yuzlarini qaratdilar-da: «Saflaringizni tekislab, jipslashtiringlar. Chunki
men sizlarni orqamdan ham ko‘raman», dedilar. Imom Buxoriy shu lafz bilan imom
Muslim mana shu ma’noda rivoyat qilganlar.
Imom Buxoriyning boshqa rivoyatlarida: «Bizlar safda tursak, yelkamiz
yonimizdagining yelkasiga, oyog‘imiz yonimizdagining oyog‘iga yopishib turar edi»,
deyilgan.
1088/8. No‘‘mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni
barobar qilinglar. (Agar bunday qilmasangizlar) Alloh taolo (qalblaringizni ixtilofli qilib,
oralaringizga g‘azab-adovatni solib qo‘yish bilan) yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib
qo‘yadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida quyidagicha aytiladi: «Rasululloh (s.a.v.) saflarimizni
go‘yoki kamon o‘qlarini tergandek tekislab qo‘yardilar. Bizning tushunganimizni
ko‘rgunlaricha shunday qildilar. Keyin bir kuni (namozga kirishish uchun) takbir
aytaman, deb turganlarida, bir kishi ko‘kragini (boshqalarnikiga qaraganda) biroz
chiqarib turganini ko‘rib, «Ey Allohning bandalari, saflaringizni barobar qilinglar. (Agar
bunday qilmasangizlar) Alloh taolo yuzlaringizni bir-biriga muxolif qilib qo‘yadi»,
dedilar».
1089/9. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) safning orasiga
kirib, bu tomondan narigi tomongacha yurdilar-da old tomonlarimizni va yelkalarimizni
qo‘llari bilan barobar qilib: «Saflaringizni har turli qilmanglar. Agar har turli qilsanglar,
Alloh qalblaringizni muxolif qilib qo‘yadi», dedilar. Va yana u zot: «Albatta, Alloh va
uning farishtalari avvalgi safdagilarga duoyu salavot ayturlar», deb aytardilar. Abu
Dovud rivoyatlari.
1090/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Saflaringizni
to‘g‘rilanglar. Yelkalaringizni barobar qilinglar. Safdagi ochiq joylarni to‘ldiringlar.
Birodarlaringiz safni qo‘llari bilan to‘g‘rilayman, deyishsa, ularga muloyim bo‘ling.
Hamda shayton uchun safda bo‘sh joy qoldirmang. Kim safni yetkazsa, Alloh ham uni
yetkazadi. Kim safni uzsa, Alloh ham undan uziladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
1091/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Saflaringizni
jisplashtiringlar va uning orasini yaqin qilinglar hamda yelkalaringizni tekislanglar.
Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, men shaytonlarni saflarning ochiq
yerida kichkina qora qo‘zichoqlar kabi o‘tib turganini ko‘raman», dedilar. Abu Dovud
rivoyatlari. Bu hadis Muslimning shartlariga binoan sahihdir.
1092/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Oldingi safni
to‘ldiringlar. So‘ngra undan keyingi safni to‘ldiringlar. To‘lmaydigan saf oxirgi saf
bo‘lsin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
1093/13. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh va uning
farishtalari safning o‘ng tomonidagilarga duoyu salavot ayturlar», deb aytdilar. Abu
Dovud rivoyatlari.
1094/14. Barodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar biz Rasulullohning (s.a.v.) orqalarida
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |