www.ziyouz.com
kutubxonasi
210
200-BOB
Asrning sunnati to‘g‘risida
1118/1. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) asrdan oldin
to‘rt rakat namoz o‘qirdilar. Ularning orasini muqarrab farishtalar va ularga tobe bo‘lgan
mo‘min-musulmonlarga salom berish ila ajratib, ikkiga bo‘lardilar. Imom Termiziy
rivoyatlari.
1119/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Asrning farzidan oldin
to‘rt rakat namoz o‘qigan kishini Alloh rahmatiga olsin», dedilar. Abu Dovud va Termiziy
rivoyatlari.
1120/3. Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) asr namozi
farzidan oldin ikki rakat namoz o‘qir edilar. Abu Dovud rivoyatlari.
(Bizning Hanafiya mazhabimizda asr namozining farzidan oldin ham, keyin ham
sunnat namozi o‘qilmaydi. Lekin farzidan oldin nafl namoz o‘qilaveradi. Hanafiya
mazhabi ulamolari yuqoridagi hadislar muqobilidagi boshqa sahih hadislarni dalil qilib
keltirishgan. - Tarj)
201-BOB
Shom namozining farzidan oldin ham, keyin ham o‘qiladigan
sunnat namozi haqida
Bu bobimizga Ibn Umar (r.a.) va Oishalardan r.a.lardan: «Albatta, Rasululloh (s.a.v.)
shom namozidan keyin ikki rakat sunnat namozini o‘qir edilar», deb rivoyat qilingan,
Mana shu sahih hadis ham dalildir.
1121/1. Abdulloh ibn Mug‘affaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Shomdan oldin ikki rakat namozi o‘qinglar», deb ikki marta aytib, uchinchisida:
«Xohlagan kishi o‘qisin», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
1122/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) kibor sahobalari shom
paytida masjid ustunlari orqasida namoz o‘qish uchun shoshayotganlarini ko‘rdim. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
1123/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Bizlar Rasululloh (s.a.v.)
zamonlarida quyosh botgandan keyin shom namozidan oldin ikki rakat o‘qir edik»,
deganlarida, «Rasululloh (s.a.v.) ham buni o‘qirmidilar?» deb so‘rashdi. Shunda Anas
(r.a.): «Rasululloh (s.a.v.) bizning o‘qiganimizni ko‘rardilar-da, lekin o‘qishni buyurmas
va qaytarmas edilar» dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
1124/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bizlar Madinada ekanimizda agar muazzin
shom namoziga azon aytsa, odamlar ustun naryog‘ida namoz o‘qishga shoshar va u
yerda ikki rakat namoz o‘qir edi. Agar musofir kishi masjidga kiradigan bo‘lsa, bu ikki
rakatni o‘quvchilar ko‘pligidan shom namozining farzi o‘qib bo‘linibdi, deb gumon qilar
edi. Imom Muslim rivoyatlari.
(Bizning Hanafiya mazhabida shomning farzidan oldin ikki rakat sunnat o‘qilmaydi.
Balki farzidan keyin ikki rakat sunnat o‘qiladi. Hanafiya mazhabidagilar ham bu
so‘zlariga sahih hadislardan dalil qilib keltirishgan. - Tarj)
Do'stlaringiz bilan baham: |