Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
189
961/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar ko‘kalamzor, 
hosildor yerga safar qilsangiz, tuyaga yerdagi nasibasini beringlar. Ya’ni o‘tlatib o‘tinglar. 
Agar quruq, unumsiz yerga safar qilsangiz, tuyani tezlatib yurgizinglar, toki iliklari 
erimasdan, ko‘zlagan manzilga yetib olinglar. Agar biror yerga qo‘nadigan bo‘lsangiz, 
yo‘l ustiga qo‘nishdan chetlaning, ya’ni yo‘ldan uzoqroqqa tushing. Chunki u kechqurun 
hayvonlarning yo‘llari va zararli hasharotlarning joylaridir», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari. 
Foyda: 
Bu hadisda Islom hayvonlar huquqini qay darajada himoya qilganiga ishora 
bordir. 
962/2. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasulullohning (s.a.v.) odatlari, - agar 
safarga chiqib, kechasi biror yerga qo‘nsalar, o‘ng tomonlariga yonboshlardilar. Agar 
subh oldidan biror yerga qo‘nsalar, bilaklarini tikka qilib, boshlarini kaftlariga qo‘yib 
uxlardilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
Ulamolar: «Rasululloh (s.a.v.) bilaklarini tikka qilib, boshlarini kaftlariga qo‘yib 
uxlashlaridan maqsad, uyquga sho‘ng‘ib, bomdod namozi o‘tib ketishidan xavf qilganlari 
uchun», deyishgan. 
963/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Safarga chiqsanglar, 
kechqurun yuringlar. Chunki kechasi masofa tez bosib o‘tiladi», dedilar. Abu Dovud 
rivoyatlari. 
964/4. Abu Sa’laba al-Xushniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Odamlar safar qilib, biror 
manzilga tushishsa, dara va vodiylar orasiga tarqalib ketishardi. Buni ko‘rgan Rasululloh 
(s.a.v.) «Albatta, dara va vodiylar orasiga tarqab ketishingiz shayton tomonidandir», 
dedilar. Bundan keyin ular biror yerga tushadigan bo‘lishsa, bir-birlariga qo‘shilib, 
jipslashib olishar edi. Abu Dovud rivoyatlari. 
965/5. Sahl ibn Amr Ansoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi (bu zot Ibn Hanzaliyya nomi 
bilan mashhur bo‘lib, Rizvon bay’atida ishtirok etgan sahobalardandir). Bir kuni 
Rasululloh (s.a.v.) bir tuya oldidan o‘tdilar. U tuya ochlikdan qorni ichiga tortib ketgan 
edi. Rasululoh (s.a.v.) «Bu tilsiz hayvonlar xususida Allohdan qo‘rqinglar. Bas, qornini 
to‘yg‘azib mininglar. Va semirtirib, so‘yib yenglar», deb aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
966/6. Abu Ja’far Abdulloh ibn Ja’fardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kuni Rasululloh 
(s.a.v.) orqalariga meni mingashtirib, bir sirni aytdilar. Men o‘sha sirni insonlardan 
birortasiga gapirmayman. Rasululoh (s.a.v.) tahorat ushatadigan bo‘lsalar, biror 
balandlik yoki xurmo daraxtidan bo‘lgan bog‘-to‘siq bo‘lar edi... Imom Muslim mana shu 
ko‘rinishdagi qisqa holda rivoyat qilganlar. 
Ammo imom Barqoniy imom Muslimning isnodlari ila «Xurmo daraxtidan bo‘lgan bog‘-
to‘siq bo‘lar edi» so‘zidan keyin quyidagilarni ziyoda qildilar: «Bas, Rasululloh (s.a.v.) 
ansoriylardan bir kishining to‘sib qo‘ygan yeriga kirdilar. Qarasalar, bir tuya turibdi. U 
zot tuyaga qaragan edilar, tuya ovoz chiqarib, ko‘zidan yosh oqizdi. Rasululloh (s.a.v.) 
uning o‘rkachi va qulog‘i ortidan siladilar. Va: «Bu tuyaning egasi kim, bu tuya kimga 
qarashli?» dedilar. Ansoriylardan bir yigit kelib: «Ey Allohning Rasuli, menga qarashli», 
dedi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh seni ega qilgan bu hayvon haqida Allohdan 
qo‘rqmaysanmi? Bu tuya och qoldirib, ko‘p ishlatishingdan menga shikoyat qildi», 
dedilar. Abu Dovud ham Barqoniy kabi rivoyat qilganlar. 
967/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar biror manzilga tushsak, hattoki 
yuklarni ulov ustidan tushirib, egarlarni yechmagunimizcha, namoz o‘qimas edik», 
dedilar. Abu Dovud imom Muslimning shartlariga to‘g‘ri keladigan isnod ila rivoyat 
qilganlar. 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish