Bemorning «Kasalim qattiq» yoki «Og‘rig‘im kuchli» yoki «Voy
boshim» deyishi, g‘azablanish va sabrsizlik tarzida
bo‘lmasa, joizligi haqida
913/1. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirsam,
og‘riqlari kuchayayotgan ekan. U zotni ushlab turib: «Ey Rasululloh, qattiq
og‘riyapsizmi?» dedim. «Ha, men sizlardan ikki kishiga beriladigan og‘riq bilan
kasallanaman», dedilar Nabiy alayhissalom». Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
914/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Qattiq kasal bo‘lib yotganimda,
Rasululloh (s.a.v.) meni ko‘rgani kirdilar. «Ey Rasululloh, ko‘rib turganingizdek
betobman. Bilasiz badavlat kishiman. Bitta qizimdan boshqa merosxo‘rim yo‘q»,
dedim...» Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
915/3. Qosim ibn Muhammaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Voy boshim»,
degandilar (Rasululloh (s.a.v.) Oishaga (r.a.) yoqtirmaydigan bir so‘z aytdilar. Oisha
(r.a.) esa bu aytgan so‘zlariga e’tiroz bildirganlaridan keyin) Rasululloh (s.a.v.) «Unday
bo‘lsa, o‘zimning boshim og‘riyapti», deb, hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
150-BOB
O’limi yaqinlashgan kishi oldida «La ilaha illalloh»ni
aytib turish haqida
916/1. Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimning oxirgi so‘zi «La
ilaha illalloh» bo‘lsa, jannatga kiradi», dedilar. Abu Dovud va imom Hokimlar rivoyatlari.
917/2. Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «O’liklaringizga
«La ilaha illalloh»ni talqin qilib turinglar. Ya’ni oldida eslatib, unga ayttiringlar», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
151-BOB
O’lgan kishi ko‘zini yumganidan so‘ng aytiladigan narsalar
918/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Abu Salamaning
oldiga kirganlarida, u zot vafot etib, ko‘zlari ochiq qolgan edi. Rasululloh (s.a.v.) uning
ko‘zlarini yumib qo‘ydilar. So‘ngra: «Agar ruh olinsa, ko‘z unga ergashadi», dedilar. Abu
Salamaning ahllaridan bo‘lgan kishilar baland ovoz ila qichqirib yuborishdi. Rasululloh
(s.a.v.) «O’zingizga duo qilayotganingizda faqat yaxshilik so‘ranglar, chunki farishtalar
aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», deb quyidagi duoni o‘qidilar:
«Allohummag‘fir liabiy Salamata varfa’ darojatahu fil mahdiyyiyna vaxlufhu fiy ‘aqibihi fil
g‘obiriyna vag‘firlana va lahu ya robbal ‘alamiyn vafsah lahu fiy qobrihi va navvir lahu
fiyhi». (Ma’nosi: Allohim, Abu Salamani mag‘firat qil. Uning darajasini hidoyat topganlar
qatoriga ko‘tar. Orqasida qolganlarga O’zing uning o‘rnini bos. Ey olamlar Rabbi, uni va
bizni mag‘firat qil. Uning qabrini keng qil, nurga to‘ldir.) (Bu duoni o‘qiyotganda «Abu
Salama»ning o‘rniga o‘lgan kishining ismi aytiladi.) Imom Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |