www.ziyouz.com
kutubxonasi
181
152-BOB
O’lik huzurida aytiladigan va mayyit egalari
aytadigan narsalar
919/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v.) «Agar kasal
yoki mayyitning oldida hozir bo‘lsangiz, faqat yaxshi gapni aytinglar. Chunki farishtalar
aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», dedilar. Abu Salama vafot etganlarida,
Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirib: «Ey Rasululloh, Abu Salama vafot etdi», dedim, u
zot: «Allohummag‘firliy va lahu va a’qibniy minhu ‘uqba hasana» (Allohim, meni va uni
mag‘firat qil hamda menga undan yaxshisini qoldir), deb ayt», dedilar. Men shu duoni
aytganimda, Alloh taolo menga erimdan ham afzal Rasulullohni (s.a.v.) berdi (ya’ni, u
zot meni nikohlariga oldilar)». Imom Muslim rivoyatlari.
920/2. Ummu Salama onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom: «Biror
bandaga musibat yetganida: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, Allohumma ajirniy fiy
musiybatiy vaxlufliy xoyrom minha» (Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey
Rabbim, musibatimda ajr qil va menga undan yaxshirog‘ini ber), deb aytsa, Alloh taolo
musibatiga ajr berib, undan yaxshisini ato etadi», dedilar. Erim Abu Salama vafot
etganida, Rasululloh buyurganlaridek, o‘sha duoni aytdim. Alloh taolo erim Abu
Salamadan ham yaxshirog‘iga - Muhammad alayhissalomning nikohlariga musharraf
qildi». Imom Muslim rivoyatlari.
921/3. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror bandaning
farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi ruhini oldinglarmi?»
deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. «Qalbining mevasini qabz qildinglarmi?» deydi
so‘ng. «Ha», deb javob berishadi yana. «Bandam nima dedi?» deb so‘raydi Alloh taolo.
Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (inna lillahi va inna ilayhi roji’un) deb aytdi»,
deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uning hamd
uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
922/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh
taolo: «Bir mo‘min bandaning dunyo ahlidan eng yaqin do‘stining ruhini qabz qilsam, u
sabr etib, shikoyat qilmasa, Men huzurimda unga jannat degan mukofotni tayyorlab
qo‘yganman», deb aytdi». Imom Buxoriy rivoyatlari.
923/5. Usoma ibn Zayd (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohning (s.a.v.) qizlaridan biri
u zotga bir odam yuborib, nevaralari o‘lim bo‘sag‘asida yotganini aytdi. Rasululloh
kelgan kishiga: «Borib qizimga ayt, Alloh berganini oluvchidir. Har bir narsaning ajali
Uning huzurida belgilab qo‘yilgandir. Qizimga savob uchun sabr
qilishni buyur», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Foyda:
Mana shu hadisi sharif din usullari, furu’lari, odoblarini o‘z ichiga olgan eng
katta qoidalaridandir. U musibatlarga, g‘am va kasalliklarga hamda boshqa
qiyinchiliklarga sabr qilishni o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |