Microsoft Word Raqobat Siyosati ziyo netga


Strategiyaning asosiy variantlarida xavf



Download 1,5 Mb.
bet47/53
Sana18.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#384356
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Strategiyaning asosiy variantlarida xavf tushunchasi

Aslida strategiyaning asosiy variantlarini amalga oshirish ikki turdagi xavf bilan kuzatiladi: birinchidan, strategiyani muvaffaqiyatsiz tanlanishi va uni saqlab qola olish xavfi; ikkinchidan soha rivoji natijasida yuzaga keluvchi raqobat borasidagi ustunlikni buzilishi xavfi. Torroq nuqtai nazar bilan qaraydigan bo‘lsak strategiyaning 3 turi raqobat kuchlaridan himoyalanishning turli hil ko‘rinishlariga asoslanadi va shuning uchun ular turli xildagi xavflarga duch keladi.

Sarf-xarajatlarda ustunlikka ega bo‘lish korxonaga qator majburiyatlarni yuklaydi va bu o‘z navbatida uning mavqeyni saqlab qolishda asqotadi. Ushbu majburiyatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: zamonaviy uskunalarga mablag‘lar ajratish, eskirgan aktivlardan voz kechish, ishlab chiqarishda ixtisoslikni kengaytirishdan tiyilish hamda texnologik takomillashuvni e’tibordan qochirmaslik.

Ishlab chiqarish hajmi kengayishi bilan sarf-xarajatlarning pasayishi avtomatik tarzda ro‘y bermaydi, shuningdek, keng ko‘lamda iqtisod qilish ham alohida mashaqqat talab etadi.

Sarf-xarajatlardagi ustunlik ishlab-chiqarish hajmiga yoki sohadagi tajribaga bog’liq bo‘ladi. Quyidagilar ana shunday xavflar qatoriga kiradi:



      • avvalgi investitsiyalar yoki tajribaga zarar yetkazuvchi texnologik o’zgarishlar;

      • sohaga qaytadan kelgan kompaniyalar yoki unlarga turdosh korxonalar tomonidan sohada orttirilgan tajribani o’rganish yoki yangi texnologiyalarni kiritish orqali sarf-xarajatlarni sekin-asta pasaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish;

      • korxonaning sarf-xarajatlarni kamaytirish muammosiga haddan ziyod e’tibor qaratib mahsulot yoki bozordagi muhim o‘zgarishlarga baho bera olmasligi;

      • differentsiatsiya qilishda raqib korxonalarning ustunligi va ularning brendlari nufuzini saqlab turuvchi va korxonaning narxlardagi tafovutni saqlab qolish imkoniyatini pasaytiruvchi sarf-xarajatlar inflyatsiyasi.

1920-yillardagi Ford Motor Company kompaniyasi faoliyatini sarf- xarajatlarlardagi ustunlik xavflariga misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Ford kompaniyasi modellari sonining cheklanganligi va ularning modifikatsiyasi, ishlab- chiqarish bosqichlaridagi faol vertikal integratsiyasi, ishlab chiqarishni yuqori darajada avtomatlashtirilishi va chiqimlarni pasaytirish omillarini chuqur o‘rganish natijasida sarf-xarajatlar borasida mutloq ustunlikka erishgan edi.

Ishlab chiqariluvchi modellarda o‘zgarishlar kuzatilmagani sohani o‘rganishda qo‘l keldi. Biroq, shaxsiy avtomobilga ega kishilarning daromadlari oshgan sari yangi modeldagi, o‘zgacha dizayn va qulayliklarga ega avtomobil sotib olishga talab kuchayib bordi va ular ochiq kuzovli avtomobilga qaraganda yopiq kuzovli avtomobillarni afzal ko‘rishlarini va bu avtomobillarni qimmatroq narxlarda xarid qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Turli hildagi modellarga ega bo‘lgan General Motors kompaniyasi bunday vaziyatdan unumli foydalandi. Ford kompaniyasi esa eskirgan modellarni ishlab chiqarishda sarf-xarajatlarni kamaytirishga yirik investitsiyalar kiritgani sababli o’‘z faoliyatini yangi strategiya bo‘yicha olib borish uchun katta mablag‘larni ajratishiga to‘g‘ri keldi.

Maishiy elektrotexnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sharp kompaniyasi faoliyatini sarf-xarajatlar bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lish xavfi misolida ko‘rishimiz mumkin. Sarf-xarajatlar borasida uzoq vaqt davomida ustunlikka ega bo‘lgan Sharp kompaniyasi oldida o‘z faoliyati va brendini yanada takomillashtirish vazifasi paydo bo‘ldi. Sarf-xarajatlarning oshishi, shuningdek AQShning dempingga qarshi qonunchiligi kompaniya mahsulotlarini Sony va Panasonic kompaniyalariga nisbatan arzonroq narxlarda sotish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va uning strategik pozitsiyasi faqatgina sarf-xarajatlarda ustunllikka qaratilgani uchun yomonlashdi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish