Diqqatni jamlash (Fokusirovanie)
Uchinchi strategiya – bu alohida xaridorlar guruhiga, mahsulot turiga yoki bozorning geografik segmenti sifatiga diqqatni jamlashdir. Differentsiatsiya kabi diqqatni jamlash ham turli xil ko‘rinishlarga ega. Biroq, kam sarf-xarajatlilik strategiyasi yoki differentsiatsiya butun bir sohaga tegishli bo‘lsa, diqqatni jamlash strategiyasi biror bir tor sohaga qaratiladi.
Ushbu strategiyaning negizida shunday taxmin yotadi, ya’ni keng miqyosda faoliyat olib borayotgan raqiblarga qaraganda ushbu strategiya yordamida firma katta effektivlik va mahsuldorlik bilan tor strategik maqsadga intila oladi. Natijada firma aniq bir talabni qondirish hisobiga differensiatsiyaga yoki ushbu talablarni qondirishda kam xarajatlilikka erishadi.
Diqqatni jamlash strategiyasini amalga oshirayotgan firma shuningdek yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. Korxonaning ushbu strategiyasi strategik maqsad doirasida yoki kam sarf-xarajatlilik pozitsiyasini, yoki yuqori darajadagi differentsiatsiyasini, yoki ularning barini ko‘zda tutadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, sarf-xarajatlarning pastligi va differentsiatsiyasi sohasida yetakchilikka ega bo‘lish, barcha raqib kuchlardan himoyada bo‘lish imkonini beradi. Bundan tashqari, diqqatni jamlash maqsadni tanlashda, ya’ni substitutlar tomonidan xavf tug‘dirilgan yoki raqobachilarning zaif tomoni yo‘nalishlarida muhim o‘rin tutishi mumkin.
Masalan, Illinois Tool Works kompaniyasi faoliyati maxsus mahkamlash vositalari ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, konkret xaridorlar talabiga binoan mahsulotlarnitadqiq qilish imkonini beradi va sarf-xarajatlar o‘zgarishini ta’minlaydi. Ba’zi bir xaridorlar ana shunday mahsulotga o’z qiziqishlarini bildiradilar.
Fort Howard Paper korxonasi faoliyati ishlab chiqarishda foydalaniladigan qog’oz mahsulotlarini tayyorlashga qaratilgan. Bu orqali korxona tez sur’atlarda yangilanishi talab etiladigan iste’mol mollarini ishlab chiqarishdan hamda unga bog‘liq reklamaga oid jarayonlardan o‘zini forig‘ etadi. Asosan bo‘yoqlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Porter Paint korxonasi esa, yuqori sifatli bo‘yoq mahsulotlarini tayyorlash, hajmidan qat’iy nazar ish joylariga yetkazib berish, hamda o‘zining maxsus shoxobchalarida mijozlar uchun bepul tamaddixonalar ochishga erishdi. Kam sarf-xarajatlar ko‘rsatkichiga erishishning diqqatni jamlash strategiyasiga misol tariqasida AQShda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda uchinchi o‘rinda turuvchi Martin-Brower korxonasi faoliyatini ko‘rsatishimiz mumkin.
Firma o‘z mijozlariga tez ovqatlanish tarmog‘ining faqatgina 8 shoxobchasini orqaligina erishdi. Mijozlarning maxsus talablarini qondirish, faqat ulargagina mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ishlash, mijozlarning xarid qilishlariga doir mahsulotlarga buyurtmalar qabul qilish, firma yaqinida joylashgan omborga ega bo‘lish, shuningdek, hisob-kitobni olib borishda qat’iy nazorat va kompyuterlashtirilgan dasturlarga ega bo‘lish firma strategiyasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Martin-Brower kompaniyasi xizmat ko‘rsatish bozorida sarf - xarajatlar bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lmasada, o‘zining alohida segmenti doirasida ustunlikka ega. kompaniya faoliyatining tez sur’atlarda o‘sishi hamda daromadbardorlikka erishishi, sohada kompaniyaning o‘rta me’yordan anchayin o‘sganini ko‘rsatadi.
Diqqatni jamlash strategiyasi umumiy bozorda o‘z ulushiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq ba’zi bir to‘sqinliklarga uchraydi.U serdaromadlilik va savdo hajmidan birini tanlash zarurligini taqozo etadi. Differentsiatsiya strategiyasida bo‘lgani kabi, bu yerda ham sarf-xarajatlar borasida ustunlikka erishishning alternativ pozitsiyasi yuzaga kelishi mumkin. Lekin muqarrar emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |