O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
SHARIPOV ILHOM – 101 GURUH MAGISTRANTI
R A Q O B A T S I Y O S A T I
Samarqand - 2020
MUNDARIJA KIRISH 3
MAVZU. RAQOBAT NAZARIYASINING EVOLUTSION RIVOJLANISHI 5
MAVZU.RAQOBATNING IQTISODIY TABIATINI TIZIMLI TAHLILI 17
MAVZU. RAQOBATBARDOSHLIK: MAZMUNI VA SHAKLLARI 26
MAVZU: MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIK OMILLARI VA UNI OSHIRISH STRATEGIYASI 36
MAVZU. RAQOBATLI USTUNLIKLAR VA UNI EGALLASH KONSEPSIYASI 53
MAVZU: RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI 72
MAVZU: NARX BO‘YICHA LIDERLIKNING RAQOBATLI STRATEGIYASI 81
MAVZU:DIFFERENSIATSIYALASH BO`YICHA RAQOBATLI STRATEGIYA 87
MAVZU: TURLI BOZORDAGI RAQOBATLI STRATEGIYALAR VA FIRMANING RAQOBATLI POZITSIYASI 95
KIRISH
Iqtisodiyotni tartibga soluvchi «ko‘zga ko‘rinmas qo‘l» raqobatdir. Shunday ekan, har bir mamlakat iqtisodiyotining qay darajada rivojlanishi shu davlatdagi raqobat muhitining amaldagi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, erkin bozor iqtisodiyotining negizini tashkil etuvchi munosabatlardan biri - bu raqobat deyish mumkin.
Zero, raqobatni rivojlantirmay va uni himoyalash mexanizmini yaratmay turib, iqtisodiyotni erkinlashtirish yoki iqtisodiy samaradorlikka erishishni tasavvur qilish qiyin.
Shu sababli, raqobat, uning turlari, shakllari va iqtisodiyotdagi ahamiyatini bilmay turib iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, uning mazmunini anglab yetish juda qiyin. Raqobat — iqtisodiyotni harakatga keltiradigan kuch, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda uning roli beqiyosdir. Shu bois davlatimiz tomonidan monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni huquqiy tartibga solish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz 2010-yilning 12-noyabrida o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «… bozor munosabatlarining asosi bo‘lgan raqobatni rivojlantirishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari katta rol o‘ynaydi. Ammo, amaldagi «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan holda,
«Raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonunni ishlab chiqishimiz va qabul qilishimiz zarur». Bugungi kunda raqobat muhitini yaratish uchun erkin raqobatni himoya qilish va monopoliyani cheklashga qaratilgan bir qator huquqiy me’yoriy aktlar tizimini yaratish eng muhim masalaga aylandi. Raqobat muhitini yaratishga qaratilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirmasdan turib, xalqimizning mahsulot (ish, xizmat)lardan sifatli hamda kafolatli foydalanishi, mahsulotlarning muqobilligi va iste’molchilar manfaatlarini to‘liq qondirilishini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ushbu ma`ruzalar matnida raqobatning rivojlanish evolyutsiyasi, uning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, nazariyasi, qonunchilik asoslarining yaratilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilgan bo‘lib, undan Oliy va O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi o‘quvchi-talabalar va professor o‘qituvchilar, shuningdek, xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodchilar, bundan tashqari, mazkur sohada tadqiqot olib borish istagida bo‘lgan tadqiqotchilar, umuman olganda raqobat to‘g‘risida chuqur ma’lumotga ega bo‘lish istagida bo‘lgan barcha o‘quvchi-kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |