Microsoft Word Raqobat Siyosati ziyo netga


MAVZU: NARX BO‘YICHA LIDERLIKNING RAQOBATLI STRATEGIYASI



Download 1,5 Mb.
bet39/53
Sana18.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#384356
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

MAVZU: NARX BO‘YICHA LIDERLIKNING RAQOBATLI STRATEGIYASI





    1. Past narxlar bo’yicha liderlik strategiyasining mazmuni

    2. Xarajatlarni boshqarishning samaradorligi

    3. Ishlab chiqarish texnogiyasini oshirish


1. Past narxlar bo’yicha liderlik strategiyasining mazmuni.

Raqobatli afzallikka erishishning yo‘llaridan biri tovarni muvaffaqiyatli differenstiasiyalash bo‘lsa, ikkinchi yo‘l - unumdorlikni yaxshilash va xarajatlarni to‘g‘ri boshqarish vositasida xarajatlar bo‘yicha afzallikka erishishdir. Xarajatlarni kamaytirishning bir necha yo‘llari bor bo‘lib, ulardan biri shuki, qo‘l mehnatidan ko‘p foydalaniladigan sohalarda, ya’ni qo‘shilgan qiymat jami xarajatlarning katta qismini tashkil qilgan tarmoqlarda tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba oshgan sari, xarajatlarni kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda xarajatlarning kamayishiga ishchilarning o‘z ish usullarini tinimsiz takomillashtirib borishi, firmaning yangi ishlab chiqarish jarayonlarini o’zlashtirishi, tovar konsepsiyasini takomillashtirishi sabab bo‘ladi.

Bunday o‘rganish jarayonining mavjudligini birinchi bor Rayt va Boston konsalting guruhi (BKG, Boston consulting group) tomonidan aniqlangan edi. 60- yillarning oxirida BKG turli xil tovarlarning juda katta guruhiga nisbatan tajriba samarali ekanini tasdiqladi va tajriba qonuni deb atalgan qonunni kiritdi. Bir qator firmalar tomonidan tanlab olingan strategiyalarga katta ta’sir ko‘rsatgan ushbu qonun iqtisodchilar umumlashgan holda o‘rganadigan masalalarni - mehnat unumdorligini oshirish muammosini tasvirlaydi va shakllantiradi.

Tajriba qonunining ta’rifi. Tajriba qonunining strategik ahamiyati shundaki, u firmaning o‘z tovarlarigagina emas, balki raqobatchilarning tovarlariga sarflanadigan xarajatlarning evolyutsiyasini ham oldindan bilishga imkon beradi.Tajriba qonuniga ko‘ra, “standart tovardan qo‘shilgan qiymat olishda doimiy pul birliklarida o‘lchangan birlik mahsulotga sarflanadigan xarajatlar mahsulot miqdori ikki baravarga oshganda ma’lum bir foiz miqdorida kamayadi”.

Ushbu ta’rifga bir necha izohlar kiritamiz:


      • «tajriba» tushunchasining bu erdagi ma’nosi tovarning necha yildan buyon ishlab chiqarilayotganligini emas, balki ishlab chiqarilgan barcha tovar birliklarining sonini anglatadi;

      • shu sababli ishlab chiqarish miqdorining ma’lum davr ichidagi o‘sishini tajribaning ortishi bilan adashtirib yubormaslik kerak;

      • tajriba qonuni tabiat qonunlari tarkibiga kirmaydi va u qaytmas jarayon

emas, ya’ni u bir necha vaziyatlardagina (hamma uchun bir xil emas) statistik jihatdan tasdiqlangan oddiy kuzatuvdir.

Past narxlar bo’yicha yetakchilikning raqobat strategiyasining mazmuni bilan 1.- rasm orqali tanishish mumkin.




Xarajatlarni boshqarishda raqiblardan ustunlik


Xarajatlarga ta’sir etuvchi omillar ustidan nazorat


Eng optimal xarajatlar zanjirini yaratish




7.1-rasm. Past narxlar boyicha yetakchilikning raqobat strategiyasining

mazmuni
Narxli raqobat korxonalar uchun xaridorlarni jalb qilishda asosiy vosita bo’lib narx hisoblanadi.

Narx o‘z navbatida bir necha omillar natijasida shakillanadi. Eng asosiysi ishlab chiqarish xarajatlari sifatida hisoblanadi. Ko‘pgina kompaniyalar hozirgi kunda xarajatlarni strategik boshqaruvi keng qo‘llaniladi. Ya’ni bu korxonalarga o‘z xarajatlarini optimallashtirishga va o‘z navbatida mahsulotga bo’lgan narxni pasaytirishni talab etadi. Narxli raqobat sharoitida bu muhim maqsad bo‘lib hisoblanadi.

Bugun amaliyotda xarajatlarni strategik boshqaruv keng qo‘llaniladi, bu narxga o‘z xarajatlarini optimal qilishni va o‘z mahsulotiga narxni tushirishga olib keladi.

Bugun xarajatlani boshqarish oldingi usul va uslublarda boshqarishdan farq qiladi. Avvallari xarajatlani turli usullar bilan pasaytirish qabul qilingan. Bu kompaniya qiziqishlariga to‘liq javob bermagan.

Xarajatlarni boshqarishga alohida yondashuvda xarajatni pasaytirishga narx strategiyasiga mos holda uning maqsadiga mos holda olib boriladi.

Xarajatlarni boshqarishda hozirda 3ta asosiy elementni olishi tushuniladi:



      • Xarajatlarni boshqarish jarayonida Porter bo‘yicha qadriyatlar zanjiridan

foydalanish;

      • Strategik pozistiyalashtirish;

      • Xarajatlarga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rib chiqish.

      • Qadriyatlar zanjiri mashhur iqtisodchi M.Porter tamonidan taklif etilgan.U oltita elementlar yig‘indisidan tashkil topgan:

      • xomashyo va materiallar;

      • Tadqiq etish va ishlab chiqarish;

      • Ishlab chiqarish ;

      • Marketing ;

      • Taqsimlash ;

      • Xizmat ko‘rsatish.

Shuning uchun kompaniya foydasini o‘stirishga yordam beruvchi 4ta harakat yo‘nalishini ajratish mumkin.

      • Xaridorlar;

      • Ta’minotchilar;

      • Qadriyatlar zanjiri darajasida aniq bo‘linmalaruchun aloqalar;

      • Korxona darajasida qadriyatlarni turli tuman zanjiri aloqalari.

      • Strategik pozistiyalash xarajatlarni boshqarishni eng muhim qismi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniya raqiblardan mahsulotni differenstiyastiyalash yoki xarajatlar bo‘yicha liderlik qilish strategiyasi bilan ajralib turadi. Past tannarx mahsulot sifati pastligini bildiradi. Xarajatni kamayish bo‘yicha lider bo‘lish uchun narx imkoniyatlarini baholash zarur.





    1. Download 1,5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish