MAVZU: RAQOBAT KUCHLARI NAZARIYASI
Raqobatning besh kuchi va uning uning uslubiy asosi
Raqobat kuchlarini bilish - raqobatbardoshlikning asosiy omili
Potensial raqobatchilarning raqobat kuchi
Raqobatning besh kuchi va uning uning uslubiy asosi
Tarmoqda talabning o‘sib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda ekspansiya uchun katta imkoniyatlarning vujudga kelishiga olib keladi. Talab bozor bilan birgalikda o‘sib boradi, kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ularga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi. Aksincha, o‘sishning sekinlashishi raqobatni kuchaytirib yuboradi, kompaniyalar sotish bozorlarini faqat boshqa kompaniyalardan tortib olish hisobigagina qo‘lga
9 Стратегия дальнейшего повышения конкурентоспособности национальной экономики: материалы IV-го Форума экономистов / отв.ред. М.П. Нарзикулов. –Ташкент: BaktriaPress, 2012. С. 30-31.
kiritishlari mumkin bo‘lib qoladi. Shunday qilib, talabning kamayishi - raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xatardir.
«GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruhlagan:
Tarmoq ichida sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat.
Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o‘z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga harakat qilishi.
Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.
xomashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.
Xaridorlarni o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.
Bu tahlil firma mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bo‘lgan qulay imkoniyatlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.
Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan (6.1-rasm). U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu ko‘rsatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bo‘lsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bo‘lishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya o‘z strategiyasini o‘zgartirib, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘z foydasiga o‘zgartirishi mumkin.
Potensial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga tahdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bo‘lsa, kompaniya narxlarni oshirib, o‘z daromadlarini ko‘paytirishi mumkin. Bu omilning raqobatchilik kuchi kirish to‘siqlarining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli darajada bog‘liqdir. Bunday to‘siqlarning uchta asosiy manbayi bor:
xaridorlarning savdo markasiga sodiqligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin);
xarajatlar bo‘yicha mutloq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi mavjud kompaniyalar uchun yangi kompaniyalar erishishi qiyin bo‘lgan katta ustunliklar beradi);
ko‘lamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega bo‘ladilar). U standartlashtirilgan mahsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xomashyo, material va tarkibiy qismlarni katta miqdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va hokazolar bilan bog‘liqdir. Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi.
Porter nazariyasi bo‘yicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bo‘lgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir. Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
tarmoqdagi raqobatning strukturasi;
talabning shart-sharoitlari;
tarmoqqa kirish to‘siqlarning balandligi.
O‘rinbosar mahsulotlar xavfi
Do'stlaringiz bilan baham: |