www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
«Bu oyda Alloh mo’’minning rizqini ko’paytiradi». Haqiqatan ham xuddi shunday.
Uyingizdagi umumiy ovqatlanish rejasi jadvalini chizib ko’ring. O’n bir oy ichidagi yeyish-
ichish ozuqalari bilan ramazon oyi dasturxoningizdagi holatni taqqoslab ko’ring.
Ramazon oyiga kelganda jadval darhol o’zgaradi. Nega bunday? Chunki, Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi vasallam aytganlar: «Ramazon kelishi bilan mo’’minning rizqi ortadi,
dasturxon fayzu barakaga to’ladi».
Alloma ustozimiz Muhammad Zohid Qo’tqu hazratlari «Rizq – bu inson tomog’idan o’tgan
luqmadir, kissasidagi narsa emas», – degan so’zni ko’p aytardilar. Ya’ni insonning
tomog’idan o’tgani uning rizqi hisoblanadi.
O’zimiz guvoh bo’lib turibmizki, ramazonda mo’’minlarning rizqi ortmoqda. Har xil oziq-
ovqatlar, sharbatlar dasturxonni bezamoqda. Ularni sanab ulgurmaymiz. Chunki
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Mo’’minning rizqi orttiriladi», – deb aytganlar.
Yuqoridagi hadisda ta’kidlanishicha, «Agar kishi bu oyda biror ro’zadorga iftorlik bersa,
bu gunohlarining mag’firat qilinishiga sabab bo’ladi». Qarang, bu yerda masalaning
boshqa tomoni ham bor ekan... Demak, dasturxonimizni, ko’nglimizni, dilimizni ochiq
qilib, «Marhamat, biznikida iftorlik qiling», – deb saxovat ko’rsatishimiz kerak.
(Va itqa raqabatihi’ minan-na’r). «Va u kishining bo’yni jahannamdan ozod qilingan
bo’ladi. (Va ka’na lahu misli ajrihi’). «Va u kishiga, ya’ni iftorlik bergan kishiga, ro’zador
qancha savobga ega bo’lgan bo’lsa, shuncha miqdorda ajr-savob beriladi» (min g’ayri an
yanqusa min ajrihi’ shay’un). «Ya’ni ro’zadorning savobidan hech bir narsa
kamaytirilmasdan, xuddi o’shancha miqdordagi savob iftorlik bergan kishiga ham
beriladi».
Bu ham juda ahamiyatli ish, unga jiddiy e’tibor berish lozim. Chunki, bir ro’zadorga
iftorlik berish bilan siz ham uning topgan savobiga teng sherik bo’lib, savob topasiz.
Hadisi sharif davomida yana bir mujda kelmoqda:
Bilasizki, sahobai kiromlar juda og’ir ahvolda yashaganlar. Shu bois: «Ey, Rasululloh! Biz
iftorlik beradigan, dasturxon bezatadigan holatda emasmiz! «Uyida yeydigan-ichadigan
ortiqcha narsasi bo’lmagan kishilar nima qilishadi!», – deb so’raganlarida,
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
«Bir kishi biror ro’zadorga bir dona xurmo yoki bir qultum suv yoxud ozgina sut bergan
bo’lsa, Alloh u kishini savob bilan siylaydi». Ya’ni u kishi boy bo’lmasa ham ro’zadorga
biror narsa berib, u qilgan amallar savobicha ajrga noil bo’ladi.
Shuning uchun boriga qanoat qilib, saxovat qo’llarini ochib iftorlik berishga shoshiling!
Hattoki, agar kishi cho’ntagida bir dona xurmo olib yursa ham ko’p foyda qilishi mumkin.
Yo’lda ketishda inson har xil sabablarga ko’ra iftorlikka yetolmasligi mumkin. Shu vaqtda
u xurmoni in’om qiladi.
Biz kecha yo’lda edik. Izmirga kiraverishda iftor vaqti bo’lib qoldi. Men o’z oilamga
qarab: «Qani og’iz ochishga biror narsa bo’lsa bering, savobga ega bo’ling!» – dedim.
Ular orqadan ba’zi yeguliklar jo’natdilar. Hadisi sharifdagi va’daga ko’ra bu bilan ular
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |