Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Download 495,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/132
Sana18.07.2022
Hajmi495,65 Kb.
#821758
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132
Bog'liq
Mahmud As\'ad Jo\'shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
Masalan, ramazon oyida umra ziyoratini ado etsa nima bo’ladi? Boshqa oyda borganga 
nisbatan ko’proq savobga erishadi. Aniqrog’i, ramazonda umra ibodatini ado etgan odam 
Haj qilgan bilan barobar bo’ladi. Bu haqda Payg’ambar alayhissalomning hadislari bor. 
Bu – ramazonning barakoti tufaylidir. Hadisi sharifdan tashqariga chiqmaganligim uchun 
ramazon bilan aloqador bo’lgan boshqa hadislarni hali gapirganimcha yo’q. Ramazon 
oyida Alloh taolo jannatni, osmonni, yerni va ma’naviy olamni yaxshilab tayyorlab 
qo’yadi. Mo’’minlarga jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi. Samo 
bezatiladi. Bu oyda Alloh taolo Jabroil alayhissalomga amr qiladi: «Borib, shaytonlarning 
boshliqlarini zanjirband qilib dengizga uloqtir!» Hadisi sharifda ma’lumot berilishicha, bu 
oyda shaytonlarning oyoq-qo’llari bog’lanadi, kuch-quvvati ta’sirsizlantiriladi, insonlarni 
yo’ldan ozdirish faoliyatlari kamaytiriladi. Bu – biz insonlar uchun Alloh tarafidan 
berilgan juda ham yaxshi bir fursatdir. 
Osmonning bezatilishi, jannatning ziynatlanishi, uning eshiklari ochilishi kabi 
xushxabarlar ramazonning nechog’li ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Qarang, agar 
bu oyda biror yaxshilik qilinsa, bir farz bajarilsa, boshqa oyda qilingandan yetmish 
barobar ortiq savobga erishilar ekan. Muhtaram birodarlar! Bu degani qo’lingdan 
kelguncha, imkon qadar xayrli ish qilishga harakat qil, degani... Xayrli ish qilish bilan 
insonning g’ayrati ortadi, ma’naviy kamoloti oshadi... Shunday emasmi?.. 
«Ramazon – sabr oyi». Alloh taolo ramazon oyida ba’zi halol narsalarni ta’qiqlagan: 
«(Ramazonda) suv ichmang, kunduzi ovqatlanmang va hokazo». Xo’p bo’ladi, deymiz-
da, buyruqni bajaramiz. Tashna qolsak ham suv ichmaymiz. Hozir, qish kunida kun 
qisqa bo’lgani uchun ro’za tutish osonroq. Ammo yozda kunlar uzayadi. Buning ustiga 
o’rim-yig’im mavsumi, shunga qaramay, bobolarimiz suvsizlikdan og’izlari qurisa ham, 
lablari yorilib ketsa ham ro’za tutishni davom ettirganlar. Sabr qilganlar. Chunki bu – 
sabr oyidir. 
Hammamizga ma’lumki, yer – sharsimon. Fasllar ham turlichadir. Masalan, bir oy oldin 
Avstraliyada edik. Bu yerda qish, Avstraliyada esa yoz... Bu yerda siz ro’zani qisqa 
tutasiz, chunki kunduzlari qisqa. Ammo Avstraliyadagi birodarlarimiz uzun tutardilar, 
chunki yoz kunlari uzun bo’ladi, dunyoning har bir yeri vaqt jihatidan bir-biridan farq 
qiladi. 
Demak, ramazonda ozmi-ko’pmi sabr imtihonini topshiramiz. Tongdan shomga qadar 
sabr qilsak qanday baxt!.. Sabr qilamiz: suv ichmaymiz, ovqat yemaymiz, ammo men 
bu yerda sabr deganda ko’proq jahl va g’azabdan tiyilishga urg’u bermoqchiman: 
bolalaringiz, xotiningiz, hamsoyangizga qizishmaysiz, yumshoq muomalada bo’lasiz, 
halim va salim bo’lasiz! Shuningdek, haromga qaramaysiz, tilingizni tiyasiz, ko’zingizni 
saqlaysiz! Bularning hammasi sabr bilan bog’liq ezgu ishlardir. 
«Sabrning savobi, mukofoti – jannatdir». Inson sabr etish uchun qiynaladi, tishini-
tishiga qo’yadi, ranj chekadi, ammo sabr qilganligi uchun jannatga sazovor bo’ladi. 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o’zlarining bu so’zlari bilan sabr qilganlar 
jannatga erishajagidan xushxabar bermoqdalar. 
Bu oy shahrul muvosodir. Ya’ni boshqalarga moddiy jihatdan yordamlashish, yedirish-
ichirish oyidir. Ko’magimiz tufayli o’zgalar ham ne’matlar bilan ta’minlanadi. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Download 495,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish