www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
Usmonlilar davrida chechak kasalligining davosini bilgan ekanlar. Uning oldini olish
uchun mahalla ko’chalarida emlash ishlari olib borilgan. Shuning uchun ham bu
kasallikning oldi olinib, hech qanday zarari yoyilmas ekan. Yevropada esa u zamonlarda
bu kasallikka uchragan shahar aholisining yarmini, uchdan birini qirib tashlashar ekan.
Ular uchun bu juda ham xavfli, davosiz bir kasallik hisoblangan.
Ramazonda esa o’ttiz kun biz o’zimizga juda ham lozim bo’lgan narsalarni bajarish bilan,
halol bo’lgan ne’matlardan bir muddat o’zimizni tiyish orqali nafsimizga hokim bo’lishni
o’rganamiz. Zamonaviy ta’bir bilan aytganda, universitet darslarini tushuna oladigan
darajada irodamizni chiniqtirish sabog’idan ta’lim olamiz. Bu bilan biz o’zimizni tutishni,
vujudimizni boshqarishni o’rganamiz va ruhan barkamol inson holiga kelamiz.
Bir kun Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning oldilariga oppoq kiyim kiygan
nuroniy yuzli, ozoda bir kishi kirib keladi. Bu kishini sahobalar tanishmaydi... «Agar
Madinadan kelganida edi bu kishini tanigan bo’lardik. Madinalik bo’lmasa, demak,
uzoqdan kelgan bo’lsa kerak. Lekin uzoqdan kelgan bo’lsa, ustida, kiyimlarida biror safar
nishonasi, chang-tuproq bo’ladi. Tuyaga minib-tushganida terlashi kerak». Bu kishining
usti-boshida safar nishonasi yo’q edi.
U kishi to’g’ri kelib Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib,
tizzasini tizzalariga tekkizib, o’tirdi. Atrofidagilar bu holatni ko’rib hayron qoldilar, bu
odamning kimligi hammani qiziqtirar edi. Shundan keyin u kishi Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi vasallamga har xil savollar berdi, har savoliga javob olganidan so’ng
«To’g’ri aytdingiz!» – deb tasdiqlab ham qo’yar edi. Buni ko’rgan sahobalar hayron
qolishib, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga ham savol berib, ham to’g’riligini
tasdiqlayotgan bu kishi kim ekan, deb turgan edilar. Mehmon eng oxirgi savolni so’radi:
«Ehson nadur, yo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam?» – dedi. Ehson, bu Allohga
bandalikni go’zal ado etishdir. Yuqorida ham bu haqda aytib o’tgandik. Alloh bizdan
yaxshi qul bo’lishimizni xohlaydi. Haligi kishi xuddi shu narsani so’radi: «Ehson, ya’ni
qullikni yaxshi ado etish qanday bo’ladi, ey Rasululloh?» Shunda Rasululloh sallallohu
alayhi vasallam shunday javob berdilar:
«Ehson bu – Allohga muhabbat bilan ibodat qilish. Uni ko’rib turgandek ibodat qilish.
Agar sen Allohni ko’rmayotgan bo’lsang ham, u har yerda hoziru nozir bo’lib, seni ko’rib
turibdi», – deb javob berdilar. U kishi «to’g’ri aytdingiz», deb tasdiqladi va yana bitta
savol so’rab, uni ham tasdiqlagach, chiqib ketdi.
Shunda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Bu kishining kimligini bilasizlarmi?».
«Yo’q, taniy olmadik, ey Rasululloh» – dedilar.
«Bu Jabroil alayhissalom. Sizga dinimizni o’rgatish uchun inson suratida kelib, mendan
savol so’radi, men esa javob berdim» – deb aytdilar.
Hadisi Jabroil deb nomlangan bu voqea Hazrati Umar tomonidan rivoyat qilingan.
Demak, yaxshi-solih qul Allohni ko’rib turgandek ibodat qiladi. Bir kishi unga qarab
tursa, u o’tirishi, turishi, gapirishi va bajaradigan ishiga diqqat bilan e’tibor qiladi. Alloh
ham bizni ko’rib turgani uchun, biz qulligimizni shunga ko’ra bajarishimiz lozim.
– Xo’sh, qanday qilib solih banda maqomiga erishish mumkin?
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |