Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc


«Ey mo’’minlar! Taqvoli kishilar bo’lishingiz uchun sizlardan ilgari o’tganlarga



Download 495,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/132
Sana18.07.2022
Hajmi495,65 Kb.
#821758
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132
Bog'liq
Mahmud As\'ad Jo\'shon. Ramazon va taqvo

«Ey mo’’minlar! Taqvoli kishilar bo’lishingiz uchun sizlardan ilgari o’tganlarga 
farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro’za tutish farz qilindi».


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
Ey imon keltirgan – ya’ni bizlarga xitob kelmoqda – Allohga ishondik, Rasulullohga 
ishondik, Qur’onga ishondik degan, «amantu»ni (imonni mufassal) aytgan, ey 
musulmon qullar! (Kutiba alaykumus siyamu). Ro’za sizlarning zimmangizga farz qilindi. 
(Kama kutiba alallaziyna min qoblikum). Sizdan oldingilarga farz qilinganidek, sizlarga 
ham ro’za farz qilindi (la’allakum tattaqun). Shoyad taqvo ahli – yaxshi bir musulmon 
bo’lsangiz». 
Bu oyati karimadan ro’za tutishga qudrati yetgan har bir mo’’minga ro’za tutish farz 
ekanligini bilib olamiz. Farzligini tushunyapmiz: chunki (kutiba) «Bo’yningizga yozildi» – 
demoqda. Bu bir... 
Ikkinchisi: «Sizdan oldingi ummatlarga yozilgani kabi, sizga ham yozildi» – deb 
buyurmoqda. Ma’lum bo’ladiki, ro’za tutish bu faqatgina bizga farz bo’lmagan, bizdan 
oldingi ummatlarga ham amr qilingan ekan.
Uchinchidan: «Toki taqvo ahli – yaxshi bir musulmon bo’lsangiz». Demak, ro’za tutgan 
odam taqvoga erishishi lozim! Taqvo ahlidan bo’lgan yaxshi bir musulmon bo’lish 
kerak!..
Alloh ta’olo yuqoridagi oyati karimalarida bizni taqvo ahli bo’lishga chaqirib «Taqvo ahli 
bo’ling!» deb, uning yo’li qanday bo’lishini ham ko’rsatib qo’yibdi. Ha, taqvodor bir qul 
bo’lamiz, yomon ishlardan saqlanamiz, odobli, tarbiyali, muborak, komil bir musulmon 
bo’lamiz, ammo bunga qanday qilib erishish mumkin? 
Uning yo’li va chorasi ro’za tutmoq. «Oldingi ummatlarga farz qilinganidek, sizga ham 
farz qilindi, toki siz ham taqvo ahlidek taqvodor inson bo’lsangiz». Demak, asl 
musulmon bo’lishning, Alloh taolo sevgan bir taqvodor mo’’min bo’lishning yo’li ro’za 
tutmoqdir. Bu oyati karima, taqvo sifatiga erishmog’imiz uchun, bizga ro’za yordamchi 
bo’la olishini ochiq ko’rsatib turibdi. 
Aziz va muhtaram birodarlarim! O’zingiz yaxshi bilasiz, inson farzandining bir tanasi 
bor... Tanamizda esa, ikki qo’limiz, ikki oyog’imiz, boshimiz, ko’zimiz, qulog’imiz bor. 
Bundan tashqari, ruhimiz ya’ni jonimiz ham bor... Ruh tirikligida bu qosh, bu ko’z, ya’ni 
bu badanning qiymati bo’ladi, ammo ruh jasadni tark etishi bilan badan hech narsaga 
yaramay qoladi. Bir oz avval gaplashayotgan bir odam vafot etsa, ruhi chiqib ketsa, endi 
gapirmaydi, qimirlayotgan bo’lsa, endi qimirlamay qoladi. Ruh ketishi bilan bu jasadning 
qiymati qolmaydi. 
Oyati karimalardan yana shuni bilamizki, inson farzandining nafs degan bir borlig’i bor. 
Bu nafsning vazifalari nimalardan iborat? 
Inson nafsi vujud bilan bog’liq ishlarni bajarish uchun yaratilgan... Ya’ni, badanning 
jilovidan tortib turish, uni boshqarish uchun yaratilgan. Demak, u badanning rahbari. 
Nafs nima ish qiladi?.. Masalan, och qolgan vaqtda: «Bor, tez ovqat yegin! Ochlikdan 
darmonim qolmadi. Oyoqlarim tolib ketdi, ko’zlarim suzilib ketdi. Tez bir narsa yegin!» – 
deya ovqat talab qiladi. Agar suvsab qolsa: «Og’izlarim quridi, lablarim qaqrab ketdi, 
ozgina suv top, to’yib-to’yib, mazza qilib ichay!» – deb suvga bo’lgan ehtiyojini bildiradi. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
Agar vujudni ko’proq ishlatib qo’ysa: «Uh, ko’p charchadim. Agar shunday ketaversa
ehtiyoj ortib boradi, vujud esa kasalga chalinadi. Biroz dam ol!.. Uxlash kerak!» - deb 
vujuddagi ehtiyojlarni talab qiladi.
Nafsning istaklarini 

Download 495,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish