www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
Hazrati Umar ham: «Men ham bundan boshqasini bilmayman, bu suraning ma’nosi
shundan iboratdir. Asl ma’nosi shu: «Ey, Rasulim, sening vazifang tugamoqda,
topshirig’ingni bajarib bo’lding. Rabbinga hamdu sanolar aytib, Uning mag’firatini so’ra,
safar yaqin!» deb aytdilar.
Qarang, o’zi yosh bola bo’lishiga qaramay, bir suraning mohiyatini chuqur anglab
yetgan. Shu iqtidori bilan mavqei boshqalarga nisbatan baland.
Hazrati Umar roziyallohu anhu esa Jabroil alayhissalom hadisini rivoyat qilgan kishi...
Ya’ni insonlar, Alloh taolo ularni ko’rib turgandek ibodat qiladilar. Qanday ibodat qiladi?..
Taqvo bilan, taqvoga asoslangan bir ruhiy holat bilan ibodat qiladilar. Agar bir xato qilib
qo’ysa, Alloh uni ko’rib turganini va jazolashini anglab, bordi-yu yaxshi amal bajarsa,
uning mukofotiga sazovor bo’lishini o’ylab, shunga muvofiq harakat qiladi. Bu ham
ehson maqomi bo’lib, ibodatni ehson yo’li bilan go’zal tarzda bajarish va Qur’oni karimda
tavsiya qilingan taqvo ahli bo’lishdir. Ya’ni qul Allohdan qo’rqib, jazoga uchrashdan,
do’zaxga tushib qolishdan saqlanishi, jannatga erishishni qo’ldan boy bermasligi,
qiladigan ishini o’ylab qilishi lozim.
Hazrati Umar hamma narsaga qiziquvchan va ashyoning asl ma’nosini idrok eta bilgan
kishi edilar. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan so’radilar: «Alloh taolo Qur’oni karimda
taqvoni ko’p amr qilgan. Taqvo o’zi nima?» Qur’oni karimni jamlagan, uni juda ham
yaxshi bilgan olim sahobalardan biri bo’lgan Ubay ibni Ka’b roziyallohu anhu juda ham
mazmundor javob beradilar: «Ey Umar, sen tikanli dalada yurganmican?»
«Yurganman!»
«Qanday qilib yurding?»
«Etaklarimni yig’ib oldim». (Arablar uzun ko’ylak kiyadilar...)
«Nega bunday qilding?».
«Tikanlar etaklarimni yirtmasligi va oyog’imga tikanlar kirmasligi uchun. Oyog’imga
tikan kirsa, qonatadi va og’ritadi».
«Taqvo ham shunday!» - deb javob berdilar Ubay ibni Ka’b roziyallohu anhu.
Qarang, qanday javob bermoqda?
Tamsil
yo’li bilan, ya’ni o’xshatish bilan, esda
qoladigan bir misol bilan tushuntirmoqda.
Demak, taqvo tikanli bir dalada ko’ylagini yirtmasin deb, etagini yig’ib, oyog’iga tikan
kirib qonatmasligi uchun ehtiyot bo’lib yurishga o’xshar ekan. Shunday ekan, bir
musulmon ham hayoti davomida tikanli bir yerda yurayotgandek yashaydi. Tikan
deganda nima nazarda tutilgan?.. Haromlar, gunohlar. Haromga yaqinlashgan inson,
undan aziyat chekadi... Harom ishni qilsang, ma’naviyatingni yaralaysan, usti boshing
ham ifloslanadi. Shuning uchun gunoh tikanlarini bosmasliging kerak! Gunoh tikanlariga
ko’ylagingni ilintirmasliging lozim! Diqqat bilan yurishing darkor! Ehtiyot bo’lib yursang,
harom ishni ham qilmaysan. Hushyor bo’lsang gunohkor bo’lmaysan.
– Ammo, insonlar bu gunohlarni bilmaganliklaridan qilmoqdalarmi?
Ichkilik, qimor, yolg’on, foizning (sudxo’rlikning) gunohligini hamma biladi. Bilmasdan
qiladiganlari juda ham oz. Alloh harom qilganligini bilgan hamda tushungan holda yana
nimaga bu gunoh ishlarni qilmoqdalar? Chunki nafsga hokim bo’lolmaganliklaridan
o’zlarini tutolmaydilar. «O’zimni tutolmadim, nafsimga hokim bo’lolmadim, kechirasiz!»,
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |