Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
GUNOHDAN VOZ KECHISH
A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Olamlarni tarbiyat qiluvchi Alloh taologa beadad, go’zal va muborak (barakotli) hamd
bo’lsin. Uning Zoti azamatiga va saltanatining buyukligiga qandayin hamd sazovor
bo’lsa, shunday hamdu sanolar bo’lsin. Va Sayyidimiz – Muhammad alayhissalomga va
uning ahli xonadoniga va ashoblariga va Unga sidqidildan tobe’ bo’lgan barcha
izdoshlariga salotu salomlar bo’lsin.
Aziz va muhtaram birodarlarim!
Alloh taolo jalla jaloluhu shu muborak oyda barchamizni fayzu barakotidan hissamandu
hissador qullaridan aylasin! Namozu niyozlarimizni, tarovihu ro’zalarimizni rahmatiga
erishmog’imiz, rizosini qozonmog’imiz uchun vasila qilsin.
Alloh taolo Payg’ambarimizga nimalarni o’rgatgani ko’pchilikka ma’lum. Rasululloh bu
haqda:
«Rabbim meni tarbiya qildi va tarbiyamni go’zal ayladi», – deya lutf etganlar. Bir yetim
bolani Alloh taolo o’zi yetishtirdi va ulumi avvalinu oxirinni unga ato qildi. Hadisi
shariflari kutubxonalarni shunday to’ldirdiki, inson ularni umr bo’yi o’qib tugata olmaydi.
Alloh taolo Ul zotga ko’p narsalarni o’rgatdi, ko’rsatdi va hech bir bandaga nasib
etmagan martabalarga erishtirdi. Unga me’rojni nasib etdi va hayotligi davrida o’z
dargohi izzatiga qabul qildiki, bu bashar ahlidan hech kimga nasib etmagandi. Chunki u
muborak zot sarvari anbiyo – Payg’ambarlarning sarvari, Habibi Mustafo – tanlangan
sevgili quli. Shuning uchun ham ul zotga ko’p narsalarning sir-asrorini bildirdi.
Bir hadisi qudsiyda Alloh taolo buyuradi:
Shu hadisni biroz izohlasak:
Ey odam farzandi! – deb xitob qilmoqda Alloh taolo, buni esa Payg’ambarimiz bizga naql
qilmoqdalar. Payg’ambarimiz, Allohning so’zlarini o’z so’zlari bilan gapirgan bo’lsalar, u
hadisi qudsiy deb ataladi.
Nima uchun bu kitoblarni o’qiyapmiz? Chunki undan keyingi keladigan gaplar chiroyli...
«Siz shu ishlarni qiling, Men sizdan rozi bo’laman! Siz bu ishlarni qilib, Mening roziligimni
toping! Bu chiroyli amallarni bajarib, Mening roziligimga erishing!» – deb aytilmoqda. Biz
Alloh roziligiga erishishimiz uchun shularni o’qiymiz.
Xuddi shu sababdan ham bu satrlarni tanladim:
«Ey Odam o’g’li! Menga isyon qilayotganingda, biror gunoh qilmoqchi bo’lganingda,
mening gunohkorlarga g’azab qilishimni eslab, aql-hushingni yig’ib, gunoh qilishdan
o’zingni hech orqaga tortdingmi?»
Masalan, Yusuf surasini eslang, unda aytilishicha:
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Haqiqatan, Zulayxo Yusuf alayhissalomning visoliga intildi. Agar Parvardigorining ochiq
hujjat alomatini ko’rmaganida, Yusuf alayhissalom ham Zulayxoga moyil bo’lar edi.
Undan (Yusufdan) yomonlik va buzuqlikni chetlatish uchun uni o’z muhofazamizga oldik,
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |