Lug‘at ishi
shimol север
harorat температура
pasaymoq снижаться
tashkil qiladi составляет
irmoq приток (реки)
tashqarida снаружи, извне
hosil bo‘ladi образуется, получается
hovuz бассейн, котловина
oqim течение
doirasidagina лишь в пределах
Topshiriq.
Quyidagi so‘z va so‘z birikmalri ishtirokida gaplar
tuzing.
Iqlimi continental; quyosh nur sochib turadi; eng sovuq oy; eng
janubiy qismi; qish davri besh oyga cho‘ziladi; issiqlik 42% darajaga
yetadi; eng ulkan daryo; Amudaryoning irmoqlari; Sirdaryoning irmoqlari;
Sirdaryo havzasiga; Amudaryo havzasiga, irmoqlari, asosan, o‘zining
o‘rta va quyi oqimlari doirasidagina;
Topshiriq.
Quyidagi savollarga og‘zaki va yozma javob bering.
101
1. O‘zbekistonning iqlimi qanday?
2. Kunning uzunligi yozda necha soat-u, qishda necha soat?
3. Respublikada eng sovuq oy qaysi oy, bunda shimolda va janubda
harorat qancha bo‘ladi?
4. Qishda havo eng sovuganda simob ustuni necha darajaga yetadi?
5. O‘zbekistonning qaysi qismida qish davri deyarli besh oyga
cho‘ziladi?
6. Yilning eng issiq oyi qaysi?
7. Bu davrda o‘rtacha harorat tekisliklar va tog‘yonbag‘rida, janubda
necha darajani tashkil qiladi?
Topshriq.
Matnni o‘qing va rus tiliga tarjima qiling. Son turkumiga
oid so‘zlarni ko‘chirib yozing va turini ayting.
O‘ZBEKISTON
O‘zbekistonning iqlimi continental (quruq iqlim). Yoz davrida
bulutli kunlar kam va shu sababli quyosh nur sochib turgan paytlar ko‘p
bo‘ladi. Kunning uzunligi yozda taxminan 15 soatni, qishda kamida 9
soatni tashkil qiladi.
Respublikamizda eng sovuq oy yanvar bo‘lib, bunda shimolda
harorat 8
0
gacha, ba’zan undan ham pasayadi. Termiz shahri atrofida esa
shu paytda havo issiq bo‘lib, harorat o‘rtacha +2,8 darajani tashkil qiladi.
Qishda havo eng soviganida harorat 35 - 40 darajagacha yetadi.
O‘zbekistonning eng shimoliy qismida qish davri besh oyga cho‘ziladi.
Yilning eng issiq oyi iyul. Tog‘li hududlarda esa iyul-avgust.
Tog‘yonbag‘irlarida harorat +25 +30 daraja bo‘ladi. Janubda (Termiz va
Sherabod) issiq +31 +32 darajaga yetadi. Yozda harorat +42 darajadan
oshadi.
O‘rta Osiyodagi, shuningdek, O‘zbekistondagi eng ulkan daryolar
Amudaryo bilan Sirdaryo. Amudaryoning umumiy uzunligi 1427,
Sirdaryoniki 2137 km ni tashkil qiladi.
Bu ikki daryo va ularning irmoqlari O‘zbekistondan tashqarida
boshlanadi. Amudaryo, asosan, Panj va Vaxsh daryolarining, Sirdaryo -
Norin daryosi va Qashqadaryoning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Sirdaryo
Amudaryodan uzun bo‘lsa- da, ammo suvi kam.
O‘rta Osiyodagi ikki ulkan daryo – Amudaryo va Sirdaryo
havzalarini tashkil qiladi. Sirdaryo havzasiga Norin, Qashqadaryo,
Chirchiq, Ohangaron, So‘x, Isfara, Oq bora, Isfavramsoy, Shoximardon,
G‘o‘vasoy va Kosonsoy daryolari, Amudaryo havzasiga Zarafshon,
102
Qashqadaryo, Surxondaryo, To‘polondaryo, Sherobod daryolari kiradi.
Amudaryoning ham, Sirdaryoning ham irmoqlari asosan o‘zining o‘rta va
quyi oqimlari doirasidagina respublika hududidan o‘tadi.
Respublika hududida ko‘llar kam. Ulardan eng kattasi Orol ko‘lidir.
Bu ko‘l ancha katta maydonni egallaganligi sababli dengiz deb ham
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |