74. «Sizlarni Od (qavmi)dan keyin xalifa qilib qo‘yganini va sizlarga yerning
tekisliklarida (yozlik) qasrlar qurib olishingiz, tog‘lik joylarida (qishlik)
boshpanalar yo‘nib (tiklab) olishingiz uchun maskan berganini eslangiz! Bas,
Allohning ne’matlarini eslangiz va yerda buzg‘unchilik qilib sanqib yurmangiz!»
75. (Shunda) uning qavmidan bo‘lgan mutakabbir kimsalar bechoralariga —
ularning oralaridagi mo‘min bo‘lgan zotlarga: «Solihni Parvardigori tarafidan
yuborilgan payg‘ambar deb bilurmisiz?» deyishdi. Ular aytdilar: «Albatta, biz
uning vositasida yuborilgan narsaga (dinga) iymon keltirguvchimiz».
76-77. Mutakabbir kimsalar esa: «Biz sizlar iymon keltirgan dinga kofirmiz»,
deyishdi-da, tuyani so‘yib yuborishdi va Parvardigorlarining amridan yuz
o‘girishdi, keyin: «Ey Solih, agar payg‘ambarlardan bo‘lsang, bizga va’da qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |