borsangiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsiz», deganini eslang!
82. Qavmning javobi esa faqat mana bundan iborat bo‘ldi: «Ularni (ya’ni Lut va
tobe’larini) qishlog‘ingizdan chiqarib yuboringiz! Chunki ular haddan ortiq
pokiza odamlar ekan».
83. Bas, unga va ahliga (ya’ni Lut va unga tobe’ bo‘lgan zotlarga) najot berdik.
Magar uning xotini (najot topmadi, chunki u) qolib halok bo‘lguvchilardan edi.
84. Ularning ustiga dahshatli yomg‘ir — tosh yog‘dirdik. Ana endi jinoyatchi —
osiy qavmning oqibati (qismati) qanday bo‘lganini ko‘ring.
85. Madyan qavmiga o‘z birodarlari Shuaybni (payg‘ambar qildik). U aytdi: «Ey
qavmim, Allohga ibodat qilingiz! Sizlar uchun Undan o‘zga biron iloh yo‘qdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |