Sizlarga Parvardigoringiz tomonidan hujjat — mana bu Alloh (yuborgan) tuya
sizlar uchun oyat — mo‘‘jiza bo‘lib keldi. Bas, uni Allohning yerida yeb-ichib
yurgan holida qo‘yib yuboringlar va unga biron yomonlik yetkazmanglarki, u
holda sizlarni alamli azob ushlaydi (azobga yo‘liqasizlar)».
I z o h .
Rivoyat qilishlaricha, Solih payg‘ambarning qavmi undan haq payg‘ambar
ekanligini tasdiqlovchi biron mo‘‘jiza ko‘rsatishni talab qilganlarida payg‘ambar ularning
ko‘z o‘nglarida bir xarsang toshni tirik tuyaga aylantiradilar va uni so‘ymay-o‘ldirmay o‘z
holiga tashlab qo‘yishlarini buyuradilar. Aks holda, boshlariga balo kelishi haqida ularni
ogohlantiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |