yomon ko‘rasizlar».
60. Ayting: «Sizlarga Allohning huzurida bundan ko‘ra yomonroq «savob»
(jazo oladigan kimsalar) haqida xabar beraymi? Ular Allohning la’natiga duchor
bo‘lgan, g‘azabiga giriftor bo‘lgan va maymun, to‘ng‘izlarga aylantirib
qo‘yilganlar hamda shaytonga qul bo‘lgan kimsalardir. Ana o‘shalar eng yomon
martabada bo‘lgan va butunlay to‘g‘ri yo‘ldan ozgan kimsalardir.
61. Ular sizlarning oldingizga kelganlarida: «Iymon keltirdik», deydilar.
Holbuki, ular (ey Muhammad, sizning huzuringizga) kofir holda kirib, kofir
holda chiqurlar. Alloh ular yashiruvchi bo‘lgan narsani, (ya’ni dillaridagi kufrni)
juda yaxshi bilguvchidir.
62. Ularning ko‘plarini gunoh, zulm tomonga va haromxo‘rlikka
Do'stlaringiz bilan baham: |