54. Ey mo‘minlar, sizlarning ichingizdan kimda-kim dinidan qaytsa, Alloh
boshqa bir qavmni keltirurki, Alloh ularni yaxshi ko‘rur, ular Allohni yaxshi
ko‘rurlar. Ular mo‘minlarga xoksor, kofirlarga esa qattiqqo‘l, biron
malomatgo‘yning malomatidan qo‘rqmay Alloh yo‘lida kurashadigan kishilardir.
Bu Allohning fazlu marhamati bo‘lib, O’zi xohlagan kishilarga berur. Alloh fazlu
karami keng, bilguvchidir.
55. Sizlarning do‘stingiz faqat Alloh, Uning payg‘ambari va ta’zim-tavoze’
qilgan hollarida namozni to‘kis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) ato
etadigan mo‘minlardir.
56. Kimki Allohni, uning payg‘ambarini va mo‘minlarni do‘st tutsa, (najot
topgay), zero faqat Allohning guruhigina g‘olib bo‘lguvchidir
Do'stlaringiz bilan baham: |