ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizlardan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u
o‘shalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas.
52. Bas, Siz dillarida maraz bo‘lgan kimsalar: «Bizga biron balo yetishidan
qo‘rqamiz», degan hollarida ular (kofirlar) tomonga shoshayotganlarini
ko‘rasiz. Shoyad Alloh musulmonlarga g‘alaba bersa yoki o‘z huzuridan (bu
munofiq kimsalarni sharmanda qiladigan) biron ishni keltirib, ular ichlarida
yashirgan narsalariga nadomat qiluvchilarga aylanib qolsalar.
53. (Shunda) mo‘minlar (bir-birlariga): «Jon-jahdlari bilan «Sizlar bilan
birgamiz», deb qasam ichganlar shularmi?» deydilar. U munofiqlarning qilgan
amallari behuda ketdi va o‘zlari ziyon ko‘rguvchilarga aylanib qolishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |