42. Ular yolg‘onga quloq beruvchi haromxo‘r kimsalardir. Bas, agar Sizga
kelsalar (xohlasangiz), o‘rtalarida hakamlik qiling, (xohlasangiz) ulardan yuz
o‘giring. Agar ulardan yuz o‘girsangiz, zinhor Sizga biron zarar yetkaza
olmaslar. Agar hukm qilsangiz, o‘rtalarida adolat bilan hukm qiling. Albatta,
Alloh adolat qilguvchilarni sevadi.
43. Oldilarida Tavrot, unda Allohning hukmi bo‘lgani holda Sizdan hukm so‘rab,
so‘ngra (ya’ni, hukm qilganingizdan keyin qanday) yuz o‘girib ketadilar-a? Ular
hech mo‘min emaslar!
44. Albatta, Biz Tavrotni hidoyat va nurni o‘z ichiga olgan holda nozil
qilganmiz. Allohga bo‘yinsunuvchi bo‘lgan payg‘ambarlar, ilohiy bilim egalari
va donishmandlar o‘zlariga Allohning kitobi omonat qo‘yilgani sababli
Do'stlaringiz bilan baham: |