33. Albatta, Alloh va payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik
qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi – o‘ldirilish yo dorga osilish,
yoki oyoq-qo‘llari teskarisiga (ya’ni o‘ng qo‘l va chap oyoq yoki chap qo‘l bilan
o‘ng oyoq) kesilishi, yoxud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular
uchun bu dunyoda rasvolik — sharmandalik bo‘lur. Oxiratda esa ular uchun
ulug‘ azob bordir.
34. Magar sizlar qodir bo‘lishingizdan (qo‘lga tushishlaridan) ilgari tavba qilgan
kishilar bo‘lsa, bilingizki, Alloh mag‘firatli, mehribon zotdir.
35. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va Unga yaqin bo‘lish yo‘lini izlangiz
hamda Uning yo‘lida jihod qilingiz, shunda shoyad najot topursiz!
36. Kofir bo‘lgan kimsalar esa yerdagi bor narsa ikki barobar bo‘lib ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |