65. Agar ahli kitob iymon keltirib, Allohdan qo‘rqsalar edi, Biz albatta
yomonliklarini o‘chirgan va jannat ne’matlariga doxil qilgan bo‘lar edik.
66. Agar ular Tavrotga, Injilga va Parvardigorlari tomonidan nozil qilingan
barcha narsalarga amal qilganlarida edi, ustlaridan (osmondan) ham,
ostlaridan (erdan) ham rizqlangan bo‘lur edilar. Ularning oralarida adolat
egalari bo‘lgan kishilar ham bor. Ammo ularning ko‘plari naqadar yomon
amallarni qiladilar.
67. Ey payg‘ambar, sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsani
yetkazing!, Agar (bu farmonga amal) qilmasangiz, Uning elchiligini
(bandalariga) yetkazmagan bo‘lursiz, Alloh Sizni odamlardan (zararidan)
saqlagay. Albatta Alloh kofir qavmni hidoyat qilmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |