narsalarni harom qilib qo‘ydik. Va ulardan kofir bo‘lgan kimsalar uchun alamli
azobni tayyorlab qo‘ydik.
I z o h.
Yahudiylar uchun ilgari Isroil, ya’ni Ya’qub payg‘ambar o‘ziga harom qilib olgan
tuya go‘shti va sutidan boshqa hamma taomlar halol edi. Keyin o‘z payg‘ambarlariga
itoat qilmay zulm-tajovuzkorlik yo‘llariga o‘tishgach, ular uchun Tavrotda ko‘p narsalar,
jumladan, qo‘y-mollarning yog‘lari ham harom qilindi. Bu haqda boshqa suralardagi
oyatlarda yana tafsilotlar keladi.
162. Lekin ularning orasidan ilmda mustahkam bo‘lgan zotlar hamda sizga
nozil qilingan narsaga va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon
keltiradigan mo‘minlar, xususan namozni barpo qiluvchilar, zakotni ado
qilguvchilar va Alloh va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar — ana o‘shalarga
Do'stlaringiz bilan baham: |