azobni tayyorlab qo‘yganmiz.
152. Alloh va payg‘ambarlariga iymon keltirgan hamda ulardan birontasini
ajratib qo‘ymagan zotlarga esa yaqinda (Alloh) munosib mukofotlarini ato
etajak. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir.
153. (Ey Muhammad), ahli Kitob sizdan ko‘kdan bir Kitob tushirishingizni
so‘raydi. Musodan bundan ham kattaroq narsani so‘ragan edilar: «Bizga Allohni
ochiq ko‘rsat», deyishgan edi. Shunda zolimliklari sababli ularni chaqmoq
urgan edi. So‘ngra ularga aniq-ravshan hujjatlar kelganidan keyin buzoqni
xudo qilib olishdi. Buni ham afv etdik va Musoga ochiq hujjat ato etdik.
154. Ahdni buzganlari sababli ustlariga Tur tog‘ini ko‘tardik va ularga: «Bu
darvozadan sajda qilgan holingizda kiringiz», dedik. Yana ularga: «Shanba
Do'stlaringiz bilan baham: |