148. Alloh yomon so‘zlarning (ya’ni duoibadning) oshkora aytilishini suymaydi.
Magar mazlum tomonidan bo‘lsa (joizdir), Alloh eshitguvchi, bilguvchi bo‘lgan
zotdir.
149. (Ey mo‘minlar), xoh oshkora, xoh yashirincha biron yaxshilik qilsangiz
yoki biron yomonlikni afv qilib yuborsangiz (Alloh suygan bandalardan
bo‘lursiz). Zero, Alloh qudrat egasi bo‘lgani holda afv qilishda barqaror bo‘lgan
zotdir.
150-151. Albatta, Alloh va payg‘ambariga ishonmaydigan, Alloh bilan
payg‘ambarlarining oralarini ajratishni istaydigan (ya’ni Allohta ishonib,
payg‘ambarlarini inkor qiladigan) va «ayrim payg‘ambarlarga ishonamiz,
ayrimlariga ishonmaymiz», deydigan hamda ora yo‘lni tutishni istaydigan
kimsalar — ana o‘shalar haqiqiy kofirdirlar. Bunday kofirlar uchun xor qilguvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |