Yerdagi bor narsa Unikidir. Allohning O’zi yetarli vakildir.
172. Masih ham, Allohga yaqin qilingan farishtalar ham Allohga banda
bo‘lishdan zinhor or qilmaydilar. Kimki Unga bandalik qilishdan or qilsa va
kibru havo qilsa, bas, ularning barchasini O’z huzuriga jam’ qilajak.
173. Ana o‘shanda iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan kishilarning
mukofotlarini komil qilib berib, yana O’z fazlu karamidan qo‘shimcha ham qilur.
Ammo or qilgan, kibru havo qilgan kimsalarni esa alamli azob bilan azoblaydi
va ular o‘zlari uchun Allohdan o‘zga na bir do‘st va na bir madadkor
topolmaslar.
174. Ey odamlar, sizlarga Parvardigoringizdan hujjat keldi. Va Biz sizlarga
ravshan nurni nozil qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |